“Inter”ning sobiq hujumchisi: “Ikardi va Lukaku juftligini to'xtatib qolish qiyin bo'ladi”
23 iyu 2019 09:29
Yangiliklar


“Inter”ning sobiq hujumchisi: “Ikardi va Lukaku juftligini to'xtatib qolish qiyin bo'ladi”
“Inter” va Gollandiya terma jamoasi sobiq hujumchisi Endi van der Meyde MYU hujumchisi Romelu Lukakuning Milan klubiga ko'chib o'tishi mumkinligiga o'z munosabatini bildirdi.
“O'ylashimcha, Lukakuning Angliyadagi vaqti o'z nihoyasiga etdi. U yangi cho'qqilar sari harakat qilishi lozim. U faoliyatini, masalan, A Seriyada davom ettirishi mumkin. Menimcha, Romelu Antoni Konteni dunyoning eng yaxshi murabbiyi deyishi bilan birga o'zi nima istayotgani haqida aniq tushuncha berdi.
Ikardi? Mauro ajoyib futbolchi. U yaxshi sardor. Hozir u biroz noqulay holatda. Ammo bu futbol. Futbolchilar kelishadi, ketishadi. Klub har doim, har qanday futbolchidan muhim bo'lib qoladi.
Ikardi va Lukaku juftligi maydonda har qanday raqibni tahlikaga soladigan juftlik bo'lishi mumkin. Ular qancha gol urishini tasavvur qilib ko'ring!” deya van der Meydening so'zlaridan iqtibos keltirmoqda FC Inter News.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar