"Inter" xo'jayini xalq uchun 300 mingta tibbiy niqob sovg'a qildi

Alisher
14 mar 2020, 12:57
"Inter" prezidenti Stiven Chjan koronavirus tarqalishiga qarshi kurash uchun Italiyadagi fuqaro muhofazasi xizmatiga 300 mingta niqob sovg'a qildi.

"Inter" va Suning International favqulotta holatlarni qo'llab-quvvatlash uchun 300 ming tibbiy niqoblar, buyumlar, himoya kiyimlari va dezinfekciyalash vositalarini xayriya qilishga qaror qildi.

Umid qilamizki, koronavirusga qarshi Xitoydagi muvaffaqiyatli tajriba Italiyada ham qo'l keladi", - deydi Chjan bayonotida.

Eslatib o'tamiz, Italiyada hozirga qadar 17660 odam koronavirusga chalingan bo'lsa, ularning 1266 nafari vafot etgan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: inter.it