So’nggi yangiliklar

17:49Сардор Рашидов катта футболга қайтди  2 17:40Аббос Файзуллаев Туркияга йўл олишга яқин   3 17:23"Мальорка" "Барселона"дан ярим ҳимоячи сотиб олди  1 16:56"Бунёдкор" ҳужумчиси жамоани тарк этди  6 16:35"Реал" футболчиси Вальверде жаҳон рекордини ўрнатди  3 16:07Расман: "Брентфорд" "Ливерпуль" собиқ аъзосини бепул қўлга киритди  1 15:40Тер Штеген уни асосий дарвозабон сифатида кўрмайдиган Фликдан хафа  3 15:12"Манчестер Сити" 1 миллиард фунтлик келишувга эришди!  2 14:50"Навбаҳор" хорижда йиғин олиб боради  0 14:38Гарначо Саудия Арабистони клубига ўтишдан бош тортди  1 14:15"Манчестер Юнайтед" Италия терма жамоаси ҳимоячисини нишонга олди  0 13:48Беннасер ва Адли фаолиятини Саудия Арабистонида давом эттириши мумкин  0 13:21"Нефтчи" кениялик форвардга қизиқмоқда  8 12:58Буну, Кукурелья, Витинья, Палмер... КЖЧ рамзий терма жамоаси  2 12:30"Хоразм" ярим ҳимоячиси жамоадан кетди  1

"Inter Sport" kompaniyasi bolakaylar uchun turnir tashkil etadi Yangiliklar

"Inter Sport" kompaniyasi bolakaylar uchun turnir tashkil etadi

Sekin-asta rivojlanib borayotgan "Inter Sport" sport kompaniyasi 1 iyun - Xalqaro bolalar kuniga bag'ishlab mini turnir tashkil etadi.

Mazkur turnir festival maqomida bo'lib, unda 2011-2012 yilda tug'ilgan futbolchilar ishtirok etadi va barcha o'yinlar 31 may kuni bo'lib o'tadi. "Inter Cup" nomini olgan mazkur futbol festivalida Toshkentning beshta jamoasi qatnashadi. Ishtirokchi jamoalar: "Inter Sport", "Odil Junior", "Spartak", "JFL-Tashkent" va "Mega Sport". O'yinlar O'FA suniy maydonida 8:00-10:00 oralig'ida bo'lib o'tadi.

O'yinlar festival tartibida o'tkazilishi bois bunda g'olib va sovrindorlar aniqlanmaydi, balki barcha jamoalarga tashkilotchilar hamda homiylar tomonidan esdalik sovg'alari taqdim etiladi. Maqsad esa yosh bolajonlarning futbol bilan yaqindan oshno tutinishini taminlashdir.

Malumot uchun, "Inter Sport" asosan sportning futbol, basketbol va suzish turlariga ixtisoslashgan bo'lib, 3 yoshdan bolakaylarni mazkur sport turlari bo'yicha tayyorlay boshlaydi. Mazkur kompaniyaga o'z vaqtida "Mashal" va "Lokomotiv" klublaridagi mehnat faoliyati orqali futbol jamoatchiligiga yaxshi tanish bo'lgan Erkin Saidov rahbarlik qilmoqda.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика