So’nggi yangiliklar

06:45ЛаЛига. "Реал Мадрид" - "Бетис", Мбаппе ЛаЛигадаги биринчи голини урди  0 02:28Ла Лига. "Реал Мадрид" Мбаппенинг дубли эвазига "Бетис"ни мағлубиятга учратди  41 01:50Лига 1. ПСЖ меҳмонда "Лилль"ни мағлуб этди  1 01:46Туркия Суперлигаси. "Сивасспор" Истанбулда "Бешиктош"га мағлуб бўлди, Турғунбоев эса...  4 01:42А Серия. "Ювентус" ва "Рома" ўртасидаги ўйинда ҳисоб очилмади, Шомуродов 82-дақиқада ўйинга қўшилди  23 01:25"Ман Сити" ўйинчисини "Бенфика"га ижарага берди  1 00:11Тен Хаг "Ливерпуль" (0:3)дан учралган мағлубиятдан сўнг нималар деди?  7 23:19Бир-икки, бир-икки...  11 22:40АПЛ. 3-турнинг марказий учрашувида Салаҳ ва Диас "Манчестер"ни "ёндиришди"  14 22:26Бундеслига. "Бавария" ўз уйида "Фрайбург"ни қийинчиликсиз таслим этди  3 22:25Лига 1. "Монако" - "Ланс" 1:1, Ҳусанов Минамино ва Балогунга қарши  4 22:09Ўзбекистон U-20 жамоаси Хитойдаги мусобақага йўл олмоқда. Сафар олдидан видео репортаж  2 21:55АПЛ. "Ливерпуль" "Олд Траффорд"да "Манчестер Юнайтед"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  67 21:33"Спартак" Туркия терма жамоаси футболчиси учун саккиз миллион евро таклиф қилди  2 21:03КХДРнинг ёпиқ ўтган машғулотидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  8

A Seriya. "Inter" - "Roma" uchrashuvida durang natija qayd etildi Yangiliklar

A Seriya. "Inter" - "Roma" uchrashuvida durang natija qayd etildi

Italiya chempionati 15-turining markaziy uchrashuvi, "Inter" - "Roma" bahsi nursiz durang bilan yakuniga etdi.

 Musobaqa jadvali 

Inter

Serie A . 15-tur

06/12/2019, 23:50

0
:
0
Tugadi

Roma

Stadion: Giuseppe Meazza, 67008 tomoshabin

Bosh hakam: Gianpaolo Calvarese

45'
90'
45'  Antonio Candreva (Valentino Lazaro)
61'  Diego Godin
62'  Valentino Lazaro
72'  Borja Valero (Kwadwo Asamoah)
80'  Marcelo Brozovic
88'  Cristiano Biraghi (Danilo D'Ambrosio)
16'  Davide Santon (Leonardo Spinazzola)
67'  Diego Perotti (Edin Dzeko)
77'  Gianluca Mancini
89'  Henrikh Mkhitaryan (Alessandro Florenzi)

Inter – Roma 0:0 

7 dekabr, 00.45, «Djuzeppe Meacca (San-Siro)»


"Inter": 1.Handanovich, 2.Godin, 6.De Vray, 37.SHkrinyar, 87.Kandreva (19.Lazaro, 45+2), 8.Vesino, 20.B.Valero (18.Asamoa, 72), 77.Brozovich, 34.Biragi ( 33.D'Ambrozio, 88), 10.Lautaro, 9.Lukaku.

Zaxira: 27.Padella, 46.Berni, 13.Ranokkia, 16.Politano, 21.Dimarko, 30.Esposito, 32.Agume, 95.Bastoni.

"Roma": 83.Mirante, 18.Santon (37.Spinazzola, 16), 23.Manchini, 6.Smolling, 11.Kolarov, 21.Veretu, 42.Diavara, 77.Mxitaryan (24.Florenzi, 89), 7.Pellegrini, 8.Perotti (9.Jeko, 68), 22.Zaniolo.

Zaxira: 43.Kardinali, 63.Fuzato, 5.Juan Jezus, 15.CHetin, 17.CHengiz, 19.Kalinich, 48.Antonuchchi.

Ogohlantirishlar: Godin (61), Lazaro (62), Manchini (77), Brozovich (80).

Uchrashuv yakunlandi, 0:0. Bahsni siz bilan Nodir Abdurasulov kuzatib bordi. Afsuski, gol ko'rmadik. Keyingi o'yinlarda uchrashguncha do'stlar.  

IKKINCHI BO'LIMGA DAQIQA QO'SHIB BERILDI

89. O'zgarish. Mxitaryan bugun maydonda bor yo'qligi ham bilinmadi va uning o'rniga Florenzi tushirildi.

88. O'zgarish. Biragi o'rniga Ambrozio tushdi.

87. Lautaroning zarbasiii! Manchini qutqaruvchi rolida paydo bo'ldi.

82. Lukakuda imkoniyat bo'ldi, himoyachilar unga halaqit qilib qolishdi.

80. Uchrashuvda qo'polliklar ko'payib ketdi va Brozovich ham sariq kartochka bilan siylandi.

77. Manchini ogohlantirildi va keyingi o'yinni o'tkazib yuboradi.

74. SHkrinyar Zaniologa nisbatan qo'pol o'ynadi.

72. O'zgarish. Valero zaxiraga olindi va Asamoa maydonga tushirildi.

68. Martinesss! Qo'l bilan o'yin! Penalti yo'q, demoqda bosh hakam! Martines har qancha urinmasin uning etirozi inobatga olinmadi. Qo'l emas, tirsakka tegilgan va atayin o'yin bo'lmagani uchun 11 metrlik jarima berilmadi. Spinazollaning qo'li tabiiy holatda edi. 

68. O'zgarish. Jeko Perotti o'rniga tushirildi.

65. ZARBAA, "rekashet"! Bu vaziyatdan oldin "Inter" fubolchisi qo'l bilan o'ynagan ekan. Miranta to'pni o'yinga kiritib beradi.

65. A Seriyada hozir vaziyat qanday? Musobaqa jadvali bilan tanishib oling.

62. Lazaro ham jiddiy qoidabuzarlik uchun hakam tomonidan ogohlantirish oldi.

61. Diego Godin ogohlantirildi. Zaniologa nisbatan anchagina qoidadan tashqari o'ynagandi. Malumot o'rnida, Godin A Seriyada ilk sariq karchtochkasini qabul qilib oldi.

59. O'yinda temp tushib ketgan. Jamoalarning to'p uzatishlari muvaffaqiyatli chiqmayapti va tez-tez bir-birlariga to'pni sovg'a qilishmoqda.

52. Lautaro va Vesino juftligi ancha yaxshi ishlamoqda. Faqat yakunlovchi nuqtani qo'yishda omad ulardan yuz o'girmoqda, bazida darvozabon mahoratini namoyish etyapti.

48. Vesinoooo! Qanday imkoniyat bo'lgandi?! Mirantedan qoyilmaqom seyv!

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi!


TANAFFUS

45+2. O'zgarish. Antonio Kandreva ham shikastlanib almashtirildi. Valentino Lazaro tushdi.


45+2. Lautaro yiqitildi va ammo hakam Martinesni aybdor deb ko'rsatdi. Antonio Kontening ehtirosini tariflab bo'lmaydi. 

45+1. Birinchi bo'limda to'xtalishlar o'rnini qoplash maqsadida 3 daqiqa qo'shib berildi.

43. ZARBA! BROZOVICH! Qulay vaziyat ko'kka sovurildi. Kuchli, ammo noaniq zarba. "Inter" futbolchilari negadir gol urishni istashmayapti chog'i, golli vaziyatlardan foydalana olishmayapti.

42. VESINO! 8-raqam egasi zarba bersa ham bo'lardi, lekin u Lukakuga to'pni oshirdi. Himoyachilar vaziyatni o'qiy olishdi va yana bir burchak zarbasi. Bugun Smolling Lukakuga nafas olishi uchun ham imkoniyat bermayotgandek ko'rinmoqda. 

38. Biragi "bo'rilar" himoyasiga yorib kirdi va yiqilib tushdi. Penalti bormidi? Stadionda o'tirgan muxlislar bu vaziyatda penalti berilmagani uchun norozi bo'lgan holda "uvillashdi". VAR ishlamoqda, tortishishga xojat yo'q.

36. ZARBAA! To'p jonli devorga tegdi va Godin jamoasi uchun burchak zarbasi ishlab berdi. Bu standart vaziyatdan ham ko'k-qoralar naf chiqara olishmadi.

34. "Roma" jarima maydonchasi atrofida Lukakuga nisbatan qo'pollik ishlatildi va "neradzurrilar" uchun yaxshi imkoniyat. To'p oldida Brozovich.

32. Valeroning tashlab berishidan so'ng, Lautaro darvozani mo'ljalga oldi. Yaxshigina zarbaga biroz aniqlik etishgani yo'q. 

31. Dastlabki 30 daqiqa o'rtacha suratda o'tdi va hozircha jamoalar teng o'yin namoyish etishayotganini takidlash lozim.

29. Burchak zarbasi "Inter"da. Kandrevaning uzatmasini raqib himoyachilari bartaraf etishdi va mezbonlarda yana bir burchak zarbasi vujudga kelmoqda. 

25. "Roma" futbolchilari oxirgi 5 daqiqa ichida ikkita keskin vaziyat yuzaga keltirishdi, ammo yakunlovchi zarba beradigan o'yinchi topilmadi. 

24. Malumot. To'p nazorati bo'yicha mehmonlar oldinga o'tib olishdi: 37-63 (%)

19. Zaniolodan aniq zarba. Handanovich o'z o'rnida ekanligini ko'rsatib qo'ydi. 

16. Kutilmagan majburiy o'zgarish. Davide Santon jarohat olib maydonni tark etdi. Uning o'rniga Spinazzola harakat qiladi.

12. Biroz avval, Smolling va Lukakuga ko'p etibor berilmoqda deb aytib o'tgan edim. Fikrimni davom ettiradigan bo'lsam, ushbu futbolchilar o'tgan mavsumda MYU sharafini himoya qilib yurishardi va bugun o'zaro to'qnash kelishmoqda. Bundan tashqari, Italiyaning mashhur nashrlaridan biri, mazkur o'yinni "Black Friday" deb tarif bergani hamda ikkala futbolchini gazetaning bosh sahifasiga qo'yib irqchilikka oid ishga aralashib qolganini o'zi ham tushunmay qoldi. Ushbu bosma nashr rahbari: "Bu shunchaki hazil edi", deya uzr ham so'rab o'tirmadi. Natijada, bu voqea yanada olovlanib ketganini aytish kerak. Hatto "Milan" klubi bu voqeadan keyin yil so'nggiga qadar jurnalist va muhbirlarni uy o'yinlariga kiritmaslikka qaror qilgan.

10. Nima deb o'ylaysiz, Lautaro — Lukaku juftligi bugun gol ura olishadimi?

9. Perotti Handanovich hushyorligini sinab ko'rdi. Hozirda A Seriyaning eng yaxshi darvozabonlaridan biriga uning yo'llagan to'pi hech narsa bo'lmay qoldi. 

6. LUKAKU! "Roma" himoyachilarining kutilmagan xatolaridan so'ng, Romelu darvozabon bilan deyarli birga-bir qolgandi va darvozaga aniq zarba yo'llashga ham ulgurdi. Mirantedan ajoyib seyv va unga tasanno deb qolamiz...

4. Jamoalar bir marotabadan raqib jamrima maydonlariga borib, sayr qilib kelishdi. Xavfli vaziyatlar bo'lganicha yo'q.

1. Uchrashuv boshlandi!


— Jamoalar maydonga chiqib kelishdi va A Seriya madhiyasi yangrab o'tdi. Yirik planda bizga Lukaku va Smollingni ko'rsatishmayapti. Bunga sabablar bor. Birozdan so'ng shu masalaga qaytamiz...



– Assalomu alaykum qadrli futbol ishqibozlari! Sizni juma oqshomida o'tkazilayotgan A Seriyaning ushbu turdagi markaziy o'yiniga taklif etamiz. Marhamat, biz bilan kuzating va o'z fikrlariningiz bilan o'rtoqlashib boring. 

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика