"Inter" Pirloni ijaraga olmoqchi, zaxira variantlar esa - Bilya va Kandreva

Aslanov Jasurbek
23 dek 2015, 22:41
"Inter" "Milan" va "Yuventus" sobiq yarim himoyachisi Andrea Pirloga qiziqish bildirmoqda.

Ma'lum bo'lishicha, Italiya klubi rahbariyati Pirloni ijaraga olmoqchi. Qishki transfer oynasida nerazurrilar futbolchi to'p tepadigan "Nyu-York Siti"ga taklif yuboradi.

Ma'lumotlarga ko'ra, italiyalik veteran "Inter"ga o'tishni istamasa, ko'k-qoralar "Lacio"dan Antonio Kandreva yoki Lukas Bilyani xarid qilishga urinib ko'radi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Tutto Mercato Web