"Inter" "Napoli" yetakchilaridan birini o'z safiga qo'shib olmoqchi

Alisher
29 yanv 2020, 13:27
"Inter" Kristian Eriksendan so'ng yana transferlarni amalga oshirmoqchi.

Klub "Napoli" hujumchisi Dris Mertens bilan shartnoma imzolash uchun qo'lidan kelganini qilmoqchi.

Belgiyalik futbolchi yozda Neapoldan ketadi. Futbolchi uzoq yillar neapolliklarning hujumdagi asosiy o'yinchilaridan bo'lib kelgan edi.

"Inter" 32 yoshli hujumchi uchun yiliga 4,5 million evro miqdoridagi shartnoma taklif qilmoqda. Bitim esa 2 yilga mo'ljallanadi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/nicoschira