"Inter" Kolarovni saqlab qolishga qaror qildi
29 iyu 2021 12:40
Yangiliklar
"Inter" Kolarovni saqlab qolishga qaror qildi
35 yoshli himoyachi Aleksandr Kolarov Milanning "Inter" klubi bilan yangi shartnoma imzolashga yaqin.
Jurnalist Nikolo Skiraning malumotiga ko'ra, tomonlar 2022 yilning o'rtalariga qadar mo'ljallangan shartnomaga imzo chekishdi. Serbiyalik o'yinchining maoshi 1,5 million evroni tashkil etadi.
Amaldagi shartnoma ertaga nihoyasiga etadi. Aleksandr o'tgan mavsum Italiya chempionati doirasidagi 7ta o'yinda maydonga tushib, 1ta assist qayd etdi.
Eslatib o'tamiz, "neradzurrilar" o'tgan mavsum A Seriya g'olibiga aylanishdi.
Fikrlar