“Inter” Kolarov bilan kelishib oldi
28 avg 2020 08:34
Yangiliklar
“Inter” Kolarov bilan kelishib oldi
Aleksandr Kolarov faoliyatini Milanda davom ettirishi kutilmoqda.
“Inter” “Roma” himoyachisi Aleksandr Kolarov bilan shaxsiy shartnoma borasida kelishuvga erishdi. Qayd etish joiz, 34 yoshli himoyachi joriy yilning yanvarida “Roma” bilan shartnomasini 2021 yil iyuniga qadar uzaytirgandi.
Kolarov 2017 yil iyunida “Manchester Siti”dan “Roma”ga o'tgandi. U bu davr ichida rimliklar safida 132 ta o'yinda qatnashib, 19 ta gol urdi va 20 ta golli uzatma berdi. Uning transferi 5 mln evroga baholanmoqda.
Fikrlar