"Inter" Jeko bilan xayrlashishga tayyor
16 iyu 2022 22:05
Yangiliklar
Milanliklar Paulo Dibala va Romelu Lukakuni o'z safiga qo'shib olishni rejalashtirishgan. SHu tariqa, "Inter" rahbariyati maoshlar bo'yicha yuklamani qayta ko'rib chiqib, ayrim futbolchilardan qutulmoqchi.
Oldinroq klub Arturo Vidal va Aleksis Sanchesdan qutulmoqchi ekani xabar qilingandi. Birinchisi "Flamengo"ga, ikkinchisi esa erkin agent sifatida ketadi. Endilikda gap Edin Jeko haqida ketmoqda.
Jekoning "Inter" bilan amaldagi kelishuvi 2022/2023 yilgi mavsum oxirigacha amal qiladi. Bosniyalik futbolchi o'tgan mavsumda A Seriyada 36 ta o'yin o'tkazib, 13 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar