

Bu haqda "La Gazzetta dello Sport" xabar berdi. Manbaning keltirishicha, tovon puli 110 mln evrodan 130 millionga oshiriladi. Bundan tashqari, "Inter" Mauroning yilliy maoshini 4,5 million evrodan 7 millionga oshirishga tayyor. Yana xabar qilinishicha, Ikardining o'zi ham "neradzurrilar" bilan shartnomani uzaytirishga rozi va klubini o'zgartirish haqida o'ylamayapti.
Ma'lumki, argentinalik forvardga "Real" da'vogarlik qilmoqda.




