"Inter" Gyundoganga qiziqmoqda, futbolchi yiliga 9 mln. evro ishlab topmoqchi
17 apr 2019 18:10
Yangiliklar


"Inter" Gyundoganga qiziqmoqda, futbolchi yiliga 9 mln. evro ishlab topmoqchi
"Manchester Siti" yarim himoyachisi Ilkay Gyundoganga bir qator klublar qiziqish bildirmoqda va ularning orasida "Inter" bor.
Malumotlarga ko'ra, nerazurrilar futbolchi transferi uchun 30 mln. evro sarflashga tayyor.
Biroq transferga Gyundoganning moliyaviy istaklari halaqit berishi mumkin. Germaniyalik yarim himoyachi yiliga 9 mln. evro ishlab topmoqchi. Milanliklar futbolchiga bunday maosh berishga tayyor emas.
Eslatib o'tamiz, 2020 yilda Gyundogan va "Manchester Siti" o'rtasida tuzilgan bitim kuchini yo'qotadi. Tomonlar yangi bitim tuzish haqida o'ylashmayapti.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar