"Inter" eronlik futbolchini qo'lga kiritmoqchi
17 jan 00:57
Yangiliklar
Ushbu mavsum yakunlanganidan keyin eronlik futbolchining "Portu" bilan kelishuvi tugaydi. "Inter" esa futbolchini erkin agent sifatida tarkibiga qo'shib olishni reja qilmoqda.
"La Gazzetta dello Sport" xabariga ko'ra, o'tgan haftada Taremi Milan klubi vakillari bilan uchrashgan. Futbolchining o'zi ham Turkiya va Saudiya Arabistonidan bo'layotgan takliflarga qaramasdan, A Seriyaga borishni istayotganini bildirgan.
Mehdi "Portu"ga shartnomasini uzaytirmasligini malum qilib qo'ygan. Bosh murabbiy Serjiu Konseysau maqsadlarni to'g'ri tushungan holda hujumchiga halaqit qilmoqchi emas.
Ushbu mavsumda Taremi Portugaliya chempionatida 15 o'yinda 3 gol urdi.
Fikrlar