"Inter" "Barselona"ga yana bir taklif jo'natdi

Mirjalol Normatov
1 iyul 2018, 13:41
"Inter"dagilar hali ham "Barselona" futbolchisi Rafinya Alkantaraning transfer huquqini to'laligicha sotib olishga intilmoqda.

"Football Italia" xabariga ko'ra, "neradzurri"lar 25 yoshli braziliyalikni 36 mln evroga sotib olish sharti bilan yana bir yilga ijaraga olishni istamoqda. "Inter" futbolchi borasida Kataloniya klubiga boshqa taklif jo'natmaydi.

O'tgan mavsumning yarmida "Inter"da ijara asosida o'ynagan Rafinya 17 o'yinda qatnashib, 2 golga mualliflik qildi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Football Italia