Instat "Al Duhail" bilan o'yinda "Paxtakor" futbolchilariga necha ball berdi? Eng kam ball legionerda
15 apr 2022 15:55
Yangiliklar


Instat "Al Duhail" bilan o'yinda "Paxtakor" futbolchilariga necha ball berdi? Eng kam ball legionerda
Unda O'zbekiston chempioni birinchi taymda oldinga borishiga qaramay, yakunda 2:3 hisobida mag'lub bo'ldi.
Instat portaliga ko'ra kechagi bahsda "Paxtakor" safida eng ko'p ballni birinchi taymda Dragan CHeranning o'rniga maydonga tushgan Ikrom Aliboev oldi - 239. Sardor Sobirxo'jaev 238 ballga loyiq ko'rildi. Eng kam ball markaziy himoyachi Aleksey Laringa berilgan - 171. Maydonda kam harakat qilgan Azizbek Turg'unboev va Diyor Xolmatovga ball qo'yilmagan.
Instat bo'yicha "Paxtakor" futbolchilariga qo'yilgan ballar:
Ikromjon Aliboev - 239
Sardor Sobirxo'jaev - 238
Farruh Sayfiev - 235
Sardor Rashidov - 219
SHerzod Azamov - 218
Hojimat Erkinov - 216
Oliver SHarkich - 211
Hojiakbar Alijonov - 197
Dragan CHeran - 188
Jasur Yoqubov - 185
Eldorbek Suyunov - 178
Odiljon Hamrobekov - 178
Aleksey Larin - 171
Azizbek Turg'unboev - kam o'ynagani uchun ball berilmagan.
Diyor Xolmatov - kam o'ynagani uchun ball berilmagan.
Malumot uchun, Instat mazkur uchrashuvdagi eng ko'p ballni kutilganidek "Al Duhail" vingeri Edmilson Juniorga bergan - 274.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar