Insine penalti tepish bo'yicha top-5 chempionatlarda etakchi
15 may 2022 23:39
Yangiliklar


Insine penalti tepish bo'yicha top-5 chempionatlarda etakchi
Italiyaning “Napoli” klubi vingeri Lorenco Insine joriy mavsum penaltidan urilgan gollar bo'yicha Evropaning kuchli beshlik chempionatlarida etakchisi hisoblanadi.
A Seriya doirasida "Jenoa"ga qarshi (3:0) bugungi uchrashuvda mezbonlar sardori yana bir bor penaltini aniq amalga oshirib, 11 metrlik nuqtadan tepish bo'yicha top-5 liga peshqadamiga aylandi, uning hisobida 9 ta gol mavjud.
“Monako” hujumchisi, 31 yoshli Vissam Ben Yedder 8 gol bilan ikkinchi, Karlos Soler (“Valensiya”), CHiro Immobile (“Lacio”), Dimitri Paye (“Marsel”) va Karim Benzema (“Real”) 7 ta gol bilan uchinchi o'rinni bo'lishib olishdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar