Insayder: “Perishich rasman London klubi bilan shartnoma imzoladi”
31 may 2022 08:30
Yangiliklar


Insayder: “Perishich rasman London klubi bilan shartnoma imzoladi”
Bu haqda Fabricio Romano xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, “Inter” yarim himoyachisi Ivan Perishich “Tottenxem” bilan 2 yillik shartnoma imzoladi.
33 yoshli futbolchi tibbiy ko'rikdan muvaffaqiyatli o'tdi va bitimga imzo chekdi. Yaqin fursatlarda transfer rasman elon qilinadi.
Perishich 7 yildan beri “neradzurrilar” sharafini himoya qilib kelayotgandi. U yakunlangan mavsum 49 o'yinda 10 ta golli uzatmani o'z hisobiga yozdirdi. Xorvatiyalikning yangi klubidagi maoshi esa 6 mln evro atrofida bo'ladi.
Qayd etishi joizki, “shporlar” futbolchini tekinga qo'lga kiritdi. “Tottenxem” ustozi Antonio Kontening shaxsan o'zi xavbekni jamoasida ko'rishni xohlagandi.
O’xshash yangiliklar
22:04
APL. "Arsenal" kutilmaganda o'z maydonida mag'lub bo'ldi, "Tottenxem" esa mehmonda 4ta gol urdi 25

Fikrlar