Ingliz klubi totalizator o'ynagan bosh murabbiyni ishdan haydadi
21 okt 2019 09:01
Yangiliklar


Ingliz klubi totalizator o'ynagan bosh murabbiyni ishdan haydadi
“Uimbldon” klubi jamoa bosh murabbiyini ishdan bo'shatdi.
Bunga sabab sifatida 58 yoshli Uolli Daunsning totalizator o'ynaganli ko'rsatilgan. Avvalroq Dauns Angliya futbol associaciyasi tomonidan 4 haftaga futboldan chetlatilgandi. U 2013-2019 yillar oralig'ida 8 ta o'yinga pul tikkanlikda aybdor deb topilgan. Endi murabbiy chetlatish barobarida 3 ming funt jarima to'lashi kerak. Uning diskvalifikaciyasi esa 14 noyabrda yakuniga etadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar