So’nggi yangiliklar

20:47Тен Хаг бир неча нашрларга ўзи иштирокидаги матбуот анжуманларида савол беришни таъқиқлади  0 20:12U23 Осиё кубоги. Ўзбекистон ярим финал йўлланмаси учун Саудия Арабистони билан курашмоқда (матнли трансляция)  332 20:00"Бавария" мухлислари Тухель қолишини исташади  3 19:54Футзал бўйича Осиё Кубоги. Ўзбекистон – Эрон 3:3 (матнли трансляция)  32 19:41Роналду "Манчестер Юнайтед"да Рангникка ультиматум қўйган  11 19:23Максим Шацких: "Асосийси кейинги босқичга йўл олдик. Ўйин ҳақида эса гапиришни истамайман"  6 19:18Ўзбекистон Кубоги. "Нефтчи" – "Металлург" 1:1. Highlights  0 19:05Бошкович: "Ғалаба қозондик, аммо кўрсатган ўйинимиздан хафаман"  2 19:02Ўзбекистон Кубоги. "Пахтакор" – "Сўғдиёна" 2:3. Highlights  0 18:45Ўзбекистон Кубоги. "Арал" "Цемент"чига "хоҳлаганича" гол урди, "Қўқон-1912" "Жиззах"ни ютолмади ва гуруҳда қолиб кетди  2 18:35Футзал бўйича Осиё Кубоги. Таиланд – илк финалчи, Тожикистон 3-ўрин учун ўйнайди  6 18:30Ўзбекистон кубоги. "Пахтакор" "Сўғдиёна"га мағлуб бўлди, лекин кейинги босқичга йўлланма олди  36 18:26Ўзбекистон кубоги. "Нефтчи" ва "Металлург" муроса кўчасини танлади  10 17:57Ўзбекистон олимпия термаси "Халифа" стадионига етиб келди!  11 17:07U-23 Осиё кубоги. Ўзбекистон - Саудия Арабистони учрашувига превью. Саудияни бир маротаба ютганмиз, улар эса бизни уч марта  6

Balotelli, Markovich, Dauning... "Liverpul" "osmonga uchirgan pullar" Yangiliklar

Balotelli, Markovich, Dauning... "Liverpul" "osmonga uchirgan pullar"

Har doim ham yuqori tempda ishlashning iloji yo'q, bazida xato orqali kamchiliklar to'g'rilanadi.

"Liverpul" - dunyoning eng katta klublaridan biri, u erda doimo chempionlik uchun kurash olib boriladi va eng kuchli futbolchilar tarkibda jam bo'ladi. Lekin shunday paytlar bo'ladiki, yangi olib kelingan futbolchilar o'z transferini oqlamaydi. Keling, bugun "Liverpul"ning omadsiz transferlari haqida gaplashamiz.

10. Pol Koncheski

2010 yilning yozida "Liverpul" "Fulxem" fulbeki Pol Koncheski uchun 3,8 mln funt to'ladi. U Roy Xojson jamoasi tarkibida atigi 6 oy harakat qildi. Istefodan keyin Koncheskini "Nottingem Forest"ga ijaraga jo'natib yuborishdi, biroz vaqt o'tib, uni 1,5 mln funt evaziga "Lester"ga transfer qilishdi. "Liverpul"ning ko'plab muxlislari hali ham Koncheskining transferini faqatgina menejment uchun bo'lgan, uning qobiliyati esa jamoaga tortmaydi deb hisoblashadi. Polni u erda ilk kundanoq yomon ko'rib qolishgan, shundan so'ng uning onasi intervyuda "Liverpul"ni jamoa emas, bir qop axlatga tenglashtirgan va o'g'lining u erga o'tishini hayotida yo'l qo'ygan eng katta xatosi sifatida aytgandi.

9. Frode Kippe

O'quvchilarimiz orasida ushbu ism familiyani ilk marta o'qiganlar ham topiladi, buni qarang, Kippe 1999-2002 yillar davomida "Liverpul"da bo'lgan. Norvegiyaning "Lillestrem" klubiga o'tkazib berilgan 1 mln funt orqali uni "qizillar" tarkibiga franciyalik Jerar Ule olib kelgandi. O'sha vaqtda bu pul juda ham katta summa bo'lardi, ustiga ustak futbolchi ham top-liganing top-klubidan olinmagandi. Afsuski, futbolchi "Liverpul" tarkibida faqatgina Liga Kubogidagi ikki o'yinda qatnashish nasib qilgan, bir yildan keyin u "Stok Siti"ga ijaraga berildi, u erda ham futbolchi porlay olmadi. 2002 yillarning boshida "Liverpul" himoyachini "Lillestrem"ga qaytarib yubordi. Jamoada Frode 18 yil harakat qilib, afsona sifatida faoliyatini yakunladi.

8. Robbi Kin

2008 yilning yozida "Liverpul" bosh murabbiyi Rafa Benites jamoa tarkibida "Aston Villa" yarim himoyachisi Garet Barrini ko'rishni istagandi, u ushbu futbolchini Fernando Torres bilan yaxshi kelisha olishini inobatga olgandi. Biroq "qizillar" rahbariyati ushbu transferni amalga oshira olishmadi, uning o'rniga "Tottenxem"dan 21,6 mln funt evaziga Robbi Kin olib kelindi. Ammo u "Liverpul"ning murakkab o'yin uslubiga mos tushmadi. Ilk gol 12-o'yinga kelib urildi. 28 rasmiy o'yinda u 7 gol va 5 assist qayd eta oldi. Mavsum yakunlanganidan keyin "Liverpul" uning transferi xato bo'lganini tushunib etdi va Kin ortiga qaytib ketdi. "Tottenxem" futbolchisini 15 mln funt evaziga qaytarib oldi.

7. Bruno SHeyru

2002 yilning yozida Jerar Ule "Enfild"ga yana bir vatandoshini olib keldi - "Lill" xavbeki Bruno SHeyru uchun "Liverpul" 6 mln funt to'ladi. Ule uni yangi Zidan deb atadi va jamoaning yangi darajaga ko'tarilishida uning hissasi katta bo'lishini ko'p bora takidladi. Ammo oradan vaqt o'tib, murabbiyning ustidan kulishni boshlashdi, chunki SHeyru "Enfild"da "yo'qolib qolgandi". Ule qo'l ostida SHeyru 2 yil davomida 48 o'yinda qatnashdi va 5 gol urdi. Vatandoshining istefosidan keyin futbolchi avvaliga "Marsel", keyinchalik "Bordo"ga ijaraga berildi. 2006 yilning yozida esa u 900 ming funt evaziga "Renn"ga sotib yuborildi.

6. Mario Balotelli

2014 yilning iyulida "Liverpul" Luis Suares borasida "Barselona"dan ajoyib taklif qabul qildi. Urugvaylikni sotib yuborgan klub esa tezkorlik bilan uning o'rniga boshqa futbolchi topdi. Hozirgi muxlislar "Liverpul"ning eng yomon yozi haqida shuni yodga olishadi. Boshi berk ko'chaga kirib qolgan "Liverpul" "Milan"dan 18 mln funt evaziga Mario Balotellini xarid qiladi. O'shanda Rojers jamoa sardori Stiven Jerrard bilan suhbati haqida gapirgandi: "Oldimda boshqa variant yo'q edi. Ruletkadan esa Balotelli chiqdi". Balotelli va "Liverpul" bir-biriga mos tushmaganini 28 o'yindagi 4 gol bilan keltirib o'tishimiz mumkin. SHundan keyin u "Milan"ga ijaraga berilgan bo'lsa, 2016 yilning yozida "Nicca" italiyalikni sotib oldi.

5. El-Xaji Diuf

2002 yil Yaponiya va Janubiy Koreyada bo'lgan mundialda Senegal termasi kutilmaganda porlab chiqdi. Afrikaliklar tarkibida El-Xaji Diuf o'zini har tomonlama ko'rsata oldi. Uning o'yinlarini ko'rgan Jerar Ule jamoaga olib kelish payiga tushdi. Klub futbolchini "Franciya"ning "Lans" jamoasidan 13,5 mln funt evaziga xarid qildi. Biroq Duifning "Enfild"dagi faoliyati unchalik chiroyli bo'lmadi. Samaradorlik ham juda pasaydi - 80 o'yinda 6 gol va 8 assist. Umuman olganda JCH-2002dan keyin futbolchida yulduzlik kasali boshlangandi. U doimo jamoadoshlari bilan janjallashib yurardi, shuningdek shunday intervyu bergan Stiven Jerrard bilan ham munozaraga borgan: "U kelganida hali hech kim emasligini aytgandim. U ko'zlarimga qarashdan qo'rqqandi. U men bilan gaplashishdan qo'rqardi. U hech kim emasdi, xuddi bo'sh joydek edi. Keling bir narsa, "Liverpul" futbolchisi sifatida undan biror marta libosini ham so'rashmadi. Mana bu ahmoq Jerrard esa do'stlariga sovg'a qilishi uchun undan Senegal termasidagi libosini so'ragandi". 2005 yilning yozida "qizillar" Duifni ketkazib yuborishdi. U 4 mln funt evaziga "Bolton"ga o'tib ketdi.

4. Alberto Akvilani

2009 yilning yozida "Liverpul" 18 million evroni "Roma" xavbeki Alberto Akvilani uchun to'ladi. Uni "Real"ga ketgan Xabi Alonsoning munosib o'rinbosari sifatida ko'rishgandi. Kelishi bilanoq unga 4-raqam taqdim qilindi. "Liverpul"ning Akvilani bilan shartnoma imzolashni astoydil istaganini uning jarohati bilan klubga kelgani bilan izohlashimiz mumkin. 28 o'yindagi 2 gol va 6 assistentlik futbolchining "Liverpul"dagi faoliyati qanday o'tganini ko'rsatib turibdi. Bir yil o'tib, Alberto "Yuventus"ga ijaraga berildi. SHuningdek, "Milan"da ham u shu tariqa faoliyat olib bordi va 2012 yilning yozida u "Fiorentina"ga 1,8 mln funt evaziga sotib yuborildi.

3. Styuart Dauning

Xavbekni "Aston Villa"dan "Liverpul"ga "Enfild" qiroli Kenni Dalglishning shaxsan o'zi olib kelgandi. Balki uni "Liverpul" tarkibidagi faoliyatini juda yomon deb baholay olmasmiz, ammo uning narxi 20,5 mln evroga tortmasdi. Erkin agent sifatida klubga kelgan Kreyg Bellami va Maksi Rodrigeslarning 2011/12 yilgi mavsumdagi o'yinlarini inobatga olsak, Dauningni bir dumaloqdan chiqa olmayotgan futbolchi sifatida tasavvur qilishimiz mumkin. U "Enfild"da 2 mavsum davomida o'ynadi, keyinchalik Rojers uni xotirjamlik bilan 5 mln evro evaziga "Vest Xem"ga sotib yubordi.

2. Endi Keroll

Torres "CHelsi"ga sotib yuborilganidan keyin "Liverpul" rahbariyati uning o'rnini "Nyukasl"dan Endi Keroll bilan to'ldirdi. Transfer uchun oz muncha mablag' sarflandi deysizmi... Naq 37 million funt. O'shanda Trasfermarkt portali ham bu borada to'xtalib, transfer xato bo'lganini, forvardga 2,25 milliondan oshiq to'lanmasligi kerakligini yozgandi. Qimmatbaho hujumchi bir yarim yil davomida 58 o'yinda maydonga tushdi va 11 gol hamda 6 assist qayd etdi. Murabbiy va muxlislarning ishonchidan chiqqan futbolchi "Vest Xem"ga ijaraga berib yuborildi. Bundan klub g'aznasiga 15 mln funt kelib tushdi.

1. Lazar Markovich

Agarda pullarni havoga uchirish haqida gap borsa, 2014 yili Lazar Markovich uchun "Liverpul" to'lagan mablag'ni yodga oling. 22,4 million evro o'shanda futbolchining "Enfild"ga olib kelinishi uchun ishlatilgandi. Biroq futbolchidan yanada ko'proq samaradorlik va gollar kutishgandi, lekin unday bo'lib chiqmadi. Markovich ilk mavsumda barcha turnirlarda 34 o'yinda qatnashib, 3 gol va 1 assist qayd etdi. Bu esa klub rahbariyatiga futbolchi jamoa darajasida emasligini bilish uchun etarli bo'ldi, natijada Lazar qolgan 4 yillik faoliyatini boshqa jamoalarda ijara asosida o'tkazdi. 2019 yilning yanvar oyida "Liverpul" futbolchini erkin agent sifatida qo'yib yubordi.

Mirjalol Normatov tarjimasi

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика