Inesta 30 aprelgacha qaror qabul qilishi kerak

Aslanov Jasurbek
15 mar 2018, 11:11
"Barselona" yarim himoyachisi Andres Inesta "Chelsi"ga qarshi Chempionlar ligasi 1/8 final javob uchrashuvidan (3:0) so'ng, kelajagi haqidagi g'oyalarni aytib berdi.

"30 aprelgacha "Barselona"da qolish yoki Xitoyga ketish qarorini qabul qilishim kerak. Hozir men va klub uchun qay biri yaxshi ekanligini aniqlash lozim" - deydi Inesta.

Oldinroq, Inestaga Xitoyning "Tyanczin Cyuanczyan" klubi qiziqish bildirayotgani, xitoyliklar futbolchiga yillik maoshi 35 mln. evro taklif qilgani xabar berilgan edi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: AS