Indzagi: "Dastlabki 20 daqiqada "Atalanta" katta bosim uyushtirdi, 2:0dan keyin biz nazoratni qo'lga oldik"
05 noy 2023 12:48
Yangiliklar
Indzagi: "Dastlabki 20 daqiqada "Atalanta" katta bosim uyushtirdi, 2:0dan keyin biz nazoratni qo'lga oldik"
"O'yin qiyin bo'lishini bilgandik, biroq yigitlar o'yinni to'liqligicha nazorat qilishdi. Dastlabki 20 daqiqa qiyin o'tdi, "Atalanta" katta bosim uyushtirdi, biroq 2:0dan keyin barchasini nazorat qila boshladik. Afsus, yana gol o'tkazib yubordik. SHu kunga qadar o'z maydonida birorta gol o'tkazib yubormagan jamoaga qarshi yaxshi uchrashuv o'tkazdik.
Pavar bilan nima bo'lganini ko'ramiz. Menga aytishlaricha, uning tizza qovog'i joyidan siljib, yana joyiga qaytgan. SHifokorlarimiz bu borada tekshiruvlar olib borishadi, biroq uni bir qancha vaqtga yo'qotdik, deb qo'rqaman. Endigina 11 o'yinni ortda qoldirdik, biroq turnir jadvalida bunday pog'onada bo'lib, g'alabaga erishish oson bo'lmaydi. O'zimizga ishonamiz, biroq hech nima osonlikcha berilmaydi", - dedi Indzagi.
"Inter" navbatdagi uchrashuvini 8 noyabr kuni ECHL doirasida safarda "Zalcburg"ga qarshi o'tkazadi.
Fikrlar