Indoneziyada 130 dan ortiq odamning umriga zomin bo'lgan stadion buzilib, qayta quriladi
18 okt 2022 21:00
Yangiliklar
Indoneziyada 130 dan ortiq odamning umriga zomin bo'lgan stadion buzilib, qayta quriladi
Indoneziya hukumati tartibsizliklar oqibatida 130 dan ortiq odam halok bo'lgan Malang shahridagi stadionni buzish va qayta qurishga qaror qildi.
Bu haqda seshanba kuni mamlakat prezidenti Joko Vidodo malum qildi.
"Malangdagi stadionni buzamiz va FIFAning barcha standartlariga muvofiq qayta quramiz", – dedi Vidodo.
1 oktyabr kuni Indoneziyaning Malang shahridagi stadionda "Arema" va "Persebaya" o'rtasidagi o'yindan so'ng tartibsizliklar boshlandi, natijada 130 dan ortiq inson hayotdan ko'z yumdi. Keyinroq Indoneziya hukumati hodisani tekshirish uchun mustaqil guruh tuzdi. 14 oktyabr kuni Indoneziyaning siyosat, adliya va xavfsizlik bo'yicha muvofiqlashtiruvchi vaziri Muhammad Mahfud stadiondagi o'limlarning asosiy sababi policiya tomonidan qo'llanilgan ko'zdan yosh oqizuvchi gaz ekanligini aytdi.
Fikrlar