So’nggi yangiliklar

01:00ЛаЛига старт олди! Мавсумнинг илк ўйинида ғолиб аниқланмади  2 00:46Ўзбекистон футзал термаси Анголани мағлуб қилди  1 00:25Денис Коростиченко: "Футболчилар фақатгина ўзини намойиш этиш учун эмас, балки жамоа учун ва "Олимпик" номи учун курашишмоқда"  1 00:10Иван Бошкович: "90 дақиқа ўйинни назорат қилишнинг иложи йўқ. Мақсадимиз ҳар бир рақибни мағлубиятга учратиш"  3 23:57Максим Шацких: "Ҳар икки кунда футбол ўйнаяпмиз"   9 23:10Айбек Нурбаев: "Ўз хатоларимиз эвазига мағлуб бўлдик"   1 23:05Баҳром Ҳайдаров: "Мағлубиятда дарвозабонни айбламаган бўлардим"  1 22:51"Акрон" ғалаба қозонди, Эсанов тўлиқ ўйнади   5 22:42Суперлига. "Олимпик" - "Сўғдиёна" 0:1  0 22:25Суперлига. "Сўғдиёна" "Олимпик" устидан тарихий ғалабага эришди  13 22:12Ўзбекистон кубоги. "Пахтакор" қўшимча бўлимларда пенальтидан урилган гол эвазига "Бунёдкор"ни мағлуб этиб, ярим финалга йўл олди  30 22:08ПРО-Лига. "Машъал" ўз майдонида "Арал"га имконият қолдирмади  1 21:46Виталий Левченко: "Жасур Жалолиддинов ҳақидаги хабарни Championat.asia сайтида ўқидим"   8 21:40Григорий Колосовский: "Навбатдаги 2 очкони йўқотдик"   3 21:28Эшитдик-да! Ҳусановнинг жамоадоши "Аталанта"га ўтмоқда  2

Incheon futbolidagi so'nggi kundalik. Adolatni avval o'zimizdan qidiraylik! Yangiliklar

Incheon futbolidagi so'nggi kundalik. Adolatni avval o'zimizdan qidiraylik!

Ochig'i garang bo'lib qoldim. Aslida o'zimni bosib olishim uchun 2-3 kun kerak, ammo o'quvchilar meni qachon o'ziga kelar ekan deb kutib tura olishmaydi.
Ochig'i garang bo'lib qoldim. Aslida o'zimni bosib olishim uchun 2-3 kun kerak, ammo o'quvchilar meni qachon o'ziga kelar ekan deb kutib tura olishmaydi. Ular oldidagi masuliyat, tungi 02:30da meni kompyuter oldiga chorladi.

Bu kundalik emas, bu men futbolimiz bilan o'tkazgan 12 kunimga umumiy xulosa, shu bilan birga futbolimizning asl basharasi.

Men necha yillardan beri PFLni “odam” qilmas ekanmiz, bizdan JCH kutmang deyman. PFLni terma jamoaga nima aloqasi bor ekan deydiganlarga kechagi o'yindan kelib chiqib isbotlarimni quyida havola qilaman. Avvaldan aytay, maqola juda uzun bo'ladi. O'qigan o'qisin, o'qimagan boshqa sahifaga o'tsin. Meni tarafkashlik qilyapti deganlari, chuchvarani hom sanasin.
1.   Davron Xoshimov jarohat oldi va o'yinni boshidan boshlay olmas edi. SHunda o'ng qanotga yoshlar o'rtasidagi JCH va Osiyo chempionatlarida himoyada universal futbolchi sifatida o'ynagan Bobur Yo'ldoshev qo'yildi. Bobur esa oliy ligada o'yin amaliyotisiz qolgan edi. nafaqat u, shu terma jamoaga kerak bo'lgan Sardor Mirzaev zaxiraga mixlangan va muhim pallada terma jamoaga yordam bera olmadi. “Lokomotiv” oldiga “shelochkov” yasab bergan medalni olish vazifasi qo'yilganligi uchun, bir qator yoshlar, Sardor Rahmonov, Sardor Mirzaev va Bobur Yo'ldoshev zaxiraga mixlandilar. Bu bilan “Lokomotiv”ni ayblamoqchi emasman, shunchaki bizda MTJ yo'lida ish to'g'ri  yo'lga qo'yilmaganligiga kichik isbotim bu.



2.   Oliy liga shu darajada sifatsizlashib ketganki, 23 yoshlilar terma jamoasini kuchaytira oladigan 3 nafar futbolchi deyarli 3 oy davomida qidirildi. O'sha pallalarda KIM degan savolga, saytimiz o'quvchilari ham aytarli javob  bera olmagan edilar.
3.   Nima uchun oliy ligada gol uradigan futbolchilarimiz MTJda ura olishmaydi, nima uchun juda ham keskin hujumni qaytaradigan himoyachilarimiz MTJda raqib hujumini to'xtata olmaydilar. Sababini oliy ligadan so'rang. Oliy ligada siz jarima to'pini tepayotganingizda bitta himoyachi jonli devorda “bilmay” sakramay qoladi. Yoki darvozabon uyqusirab qolgan bo'ladi. Stadionda gulduros qarsak, “Bravo, bravo”.... Suniy gol. Yoki raqib hujumchisi tezlik bilan yugurib kelayotganida, tekis yo'lda qoqilib tushadi. Himoyachiga bu ayni muddao, hujumchi gol urib nima qilsin? Tushungan tushundi bu gaplarni. SHu qobiqqa chirmashib qolgan futbolchilar, MTJda qanday o'ynasin, axir ular oliy ligada maksimal kuch sarflamay qo'ydilar-ku?
4.   Oliy ligadan hech kim adrenalin olmay qo'ydi. Toki, 10ta jamoadan iborat 4ta davralik tizimga o'tmas ekanmiz, JCH-2018ni TVdan ko'ramiz, agar to'g'ridan-to'g'ri translyaciya qilishsa. Yoki bo'lmasa, Koreya, Qoziog'istonga o'xshab 12ta jamoa ishtirokida, ikki bosqichdan iborat, ikki davralik tizimni joriy etish kerak.  

Bugungi terma jamoamizga Mourino ham yordam bera olmaydi. Boisi, oliy ligada unga mos o'yinchi yo'q. Birgina Xoshimovni jarohat olishi bizga juda qimmatga tushdi. JCH yo'lida kim kafolat beradi, asosiy tarkib o'yinchilari 2 yil davomida jarohat olmaydilar deb. To'g'risini, yaqin – yaqingacha Qosimovni dunyoqarashi va uni futbolda tutgan o'rnini keskin tanqid qilib kelganman. Buni unga boshqacha yo'l bilan etkazganlar qancha bo'ldi.  Paytida Abramovni yutganida maqtadim, mag'lub bo'lganida tanqid qildim. Maqtasam “Abramovchi”, tanqid qilsam “Qosimovchi”man. Hoy odamzod, o'zbek futboli Qosimov va Abramovdan tashkil topmagan.

Asablarim joyida emas, o'yin tugaganidan keyin ko'zimga yosh keldi. Hayotimda ikkinchi marotaba o'zimni emas, murabbiy va futbolchilarning mehnatiga achindim. Birinchisi 2011 yil Avstraliyaga yutqazganimizda. Jo'raevni sinishiga sabab bo'lgan o'yindan avval, men bu o'yinga Jo'raevni aloqasi yo'qligini juda yaxshi bilardim. Terma jamoamiz ham, o'sha paytdagi bosh murabbiyimiz Vadim Abramov ham astoydil final uchun harakat qilishgandi. Hech qanday kelishuv, hech qanday oldi berdi bo'lmagan. Lekin alamli mag'lubiyatga uchradik, sababi biz Avstraliyaga ochiq o'yinni taklif qilidik va bunga yarasha javob oldik. Halol o'yinda, omadsiz mag'lubiyatga uchradik xolos. Kecha esa terma jamoadagi faoliyatim davomidagi mana shu uchrashuvni takroran ko'rdim. O'zbekiston “bosib” tashladi, ha O'ZBEKISTON! Bu so'zni PFLdagilarga, O'Z-BE-KIS-TON, deb qayta, qayta aytirish kerak. Zora VATAN yo'lida etlari jimirlasa. 21 asrda, o'yin qaydnomasini qo'lda to'ldiramiz. Ha, mayli, chalg'imay. Ilk daqiqadanoq tashabbusni o'z qo'limizga oldik, imkoniyatdan kelib chiqib tarkib to'g'ri tuzildi. Futbolchilar to'pni orqaga emas, futbolchiga o'xshab oldinga berishni o'rganibdilar. Iskanderov, Kozak va Rashidov kabi futbolchilarimizning texnikasi mukammallashgani ko'rib turibman. Lekin natija, natija esa adolatsiz bo'ldi.

Saudiya Arabistoni azaldan biz uchun noqulay raqib. Doimo yo'limizdan chiqadi va kuchsiz tarkibi bilan ham yutib ketaveradi. Raqibimizning ikkita hujumi, uchta gol bilan yakuniga etdi. Boburni ayblamang. Ichidan nima o'tayotganini o'zi biladi, o'sha payt “mondraj”ga tushdi va qo'pol xatoga yo'l qo'ydi. Kim o'z darvozasini ishg'ol qilishni istaydi. Stadionda O'FF rahbari o'tiribdi. Siz o'ylayotgan kelishilgan o'yin yo'q bu erda. 1 hafta avval Mirabror Usmonov ularga juda qattiq ishonayotganligini takidladi. SHu erda bir narsani kelishib olaylik, Mirabror Zufarovichni “Futbol sharhi” ko'rsatuvida aytgan gaplarini, shu sayt hurmati yo'lida unuting! Siz bilmaysiz, 2 oy o'tib shaxsan Usmonovni o'zi 4 nafar jurnalistni o'z qabuliga chaqirib, xatolik uchun uzr so'ragan. SHunchaki, o'sha paytlar kimlardir, yo'q narsani, bor qilib etkazgan bo'lgan. Hamma ham buni bilavermaydi. SHaxsan men, o'sha erda ishtirok etganman. Bu kishini futbolimiz, nafaqat  futbol, balki jamiyatda tutgan o'rni kattaligini, uni yaqindan bilgan odamlar bilishadi. Afsuski Mirabror Zufarovichni borligidan, uni yaratib bergan sharoitlarni suiistemol  qilayotganlar ko'payib ketdi. Hech bir davlatning MOQ prezidenti, Mirabror Zufarovich kabi Osiyo o'yinlarida sportchilarini qo'llab-quvvatlamayapti. Har kuni qarorgohda bir bo'lib ketadi bu kishi.



Meni bir odatim bor, mehnat qilayotgani kishini ruhan qo'llab-quvvatlayman. Sababi, meni ham shunday qo'llashadi bazan, yoshligimda oyoqqa turishimga yordam berganlar bo'lgan. Demak, men hech yo'g'i shu yo'l bilan qaytaray deyman.

O'yinga qaytaymi? Ongimizga bir narsa o'tirib qolgan, Qosimov faqat qanotdan hujum qiladi. Yo'q, futbolni ko'ring avval. Iskanderov va Kozak g'irt markaz o'yinchisi, so'nggi o'yinlarda aynan ularning ishlari orqali maydon markazi jonlana boshladi. Faqat Sardor to'p tepayotgan qanot ko'pincha faol, murabbiy har doim kuchli o'yinchisidan foydalanishi kerak, Sardor o'ngda kuchli bo'lsa, uni markazga qo'ymaydi-ku!? Avstraliya va Saudiya Arabistoni terma jamoalariga qarshi o'yinlarda men shuni anglab etdimki, bizning futbolimiz hali to'liq hujumkor taktikaga tayyor emas ekan. Biri bo'lmasa, ikkinchisida gol o'tkazib yuborar ekanmiz.

O'yindan keyin Qosimovga aynan shu masalada savol berdim, balki yana eski taktikangizga qaytarsiz?

U esa, yo'q, shu o'yinni rivojlantirishda davom etamiz dedi. Bu bilan murabbiyni yonini olmoqchi emasmanku, ammo u o'z obro'sini tikayotganini ko'rdim. Himoyaviy futbol bilan natijalarga erishganini hammamiz bilamiz, lekin hujumkor futbolga hali bizni tizim va ichki imkoniyat tayyor emasligini hammamiz ham tan olgimiz kelmaydi. SHoshib yozilgan maqola yoki fikr oylab davomida qilinadigan mehnatlarni chippaka chiqaradi.

Saudiya Arabistonini yutgan taqdirimizda ham keyingi o'yinda mag'lubiyatga uchrashimiz aniqroq edi. Tailandik hakam oliy ligamiz uchun katta yangilik emas. Bizga berilgan penalti 50/50 edi. Ammo SHodievga nisbatan ishlatilgan qo'pollik 100% penalti edi. Yuldashev va Krimec birinchi bo'limning dastlabki daqiqalaridanoq sariqqa "o'tirdi". Biz oliy ligamizda yo'l qo'yayotgan xatolarimiz, terma jamoamiz orqali o'zimizga javob bo'lib qaytayapti.

O'yin tugadi, Ashurmatovdan tortib Qosimovgacha, Iskanderovdan SHodievgacha ko'ziga yosh oldi. hammamiz g'alabani kutgan edik, men bu erdan g'alabasiz ketmasligimni barcha-barchasiga aytayotgan edim. Buni hammamimiz tushunib turgan edik, ammo o'yindan keyin barchamiz yig'ladik, siz komentda terma jamoani “savalayotganingizda” bizni rosmanasiga ko'zimizda yosh oqayotgan edi.

Endi men Sizga terma jamoamiz bilan yurgan gid Jin haqida aytib beray. Megabaytingizni ayamasdan, quyidagi videoni tomosha qiling (2.7 mb). Tashkiliy qo'mita tomonidan terma jamoamizga biriktirilgan koreys millatiga mansub bu yigit, o'zbeklar turib, bir o'zi “O'z-be-kis-ton”, deya baqiryapti. Bizni futbolimizda mana shunday insonlar, yani o'z ishiga yurakdan yondoshadiganlar etishmayapti.



Videodan tasirlandingizmi, yo'q bo'lsa, sizda yurak yo'q ekan. Bizda biri ketsa, ikkinchisi, ikkinchisini uchinchisi orqasidan mag'zava ag'daradi. Mana shuning uchun JCHga chiqa olmaymiz. Kuchsizligimizdan emas, har bir narsaning jazosi borligidan!

2 hafta davomida terma jamoa bilan yurdim. Ularning hisobidan na ovqat edim, na turar joy. SHuning uchun futbolchilarimizni menga edirib qo'ygan joylari yo'q, “sen ular bilan turib, yozishdan uyalyapsan“, - deyayotganlar uchun. PFL, Markaz, klublar va eng kattasi bo'lib turgan, hakamlar bir oila bo'lib jipslashmasak, Osiyoda futbol tezda taraqqiy etayapti. Balki bu Osiyodagi qo'shnilarimiz misolida ko'rinmayotgandir, ammo bugunga  kelib arablarning bironta kuchsiz jamoasi qolmaganligini unutmaylik.  SHarq esa allaqachon bizdan ilgarilab ketgan. Bitta Hindiston-u, Pokiston qoldi. Endi shular ham etib olsa, bilmadim nima bo'ladi.

SHu narsani afsus bilan aytamanki, 20 yil avval bizga Xirosimadagi chempionlikni taqdim qilgan aksar futbolchi va mutaxassislar, 20 yil o'tib bizni chempionlikdan mahrum qildilar. Bu gapni mag'zini tushunish uchun uzoq o'ylash kerak. Qosimov nazarda tutilyapti deganlar adashishadi. Bir fikr qiling, o'sha yili chempionlik medalini taqqanlar so'nggi 5 yilda futbolimizga nima berdi-yu, nimani tortib oldi.

Bu erda bironta fakt yo'q to'g'rimi, aslida saytimizni kimlar o'qishini juda yaxshi bilamiz. Bu gaplar, komment yig'ish uchun emas, o'sha o'qiyotgan mutaxassislarimizni vijdonlari sal bo'lsada qiynalishi uchun yozilyapti. Ular uchun fakt shart emas, sababi har biri nima ish qilganini biladi. Bizni omma oldida aldashi mumkin, ammo “men nima qildim, o'zbek futboli” uchun deb hayol surib o'tirganida o'zini-o'zi alday olmaydi.



SHu o'rinda, bu maqola uni qog'ozga chiqarib, meni muhokama qilish uchun emas, Vatan uchun jonini berishga tayyor bo'lgan, o'zbegimning ashaddiy muxlislari uchun vijdonan muhokama qilishingizga sabab bo'lsin deyman. Men haqimda, boshqalarni aytayotgan gaplari esa, bu ikkinchi darajali. O'zbek tilini tushunmaydigan, yon atrofidagi olimlar orqali tarjimasini eshitadiganlarga ham maslahatim bor, pashshadan fil yasamang, mag'izni chaqing. Aks holda kech bo'ladi, juda kech...

SHu o'rinda Boburni tanqid qilmasingizni so'rar edim. U o'yinga tayyor emas edi. Oliy liga zaxirasida o'tirib qolgani yaqqol bilindi. Gol urgan vaziyatida nima bo'layotganini bilmadi ham. Hozir 21 yoshga kirdi. Undan hali yaxshilik yo'lida foydalanishimiz kerak, buning uchun muxlislaridan iltimos qilar edim, unga ortiqcha bosim bo'lmasin. Agar shu sayt o'quvchilari meni hurmat qilsa, shu bolani aynan shu xatosini kechirishadi. Inson kechirimli bo'lishi kerak, shundoq ham g'ayirlik bilan “ostanovka”mizga kelib bo'ldik. Jamoa rosmanasiga afsusda, sizlarga bergan vadasining ustidan chiqmaganidan uyatda.

Lekin fursati kelganda men ham aytib olay, terma jamoa ichida bitta ikkita yulduz bor, hali senlarga bu narsaga yo'liqishga ancha bor. Men doim aytib kelganman, Odil, Server, Geynrix darajasiga chiqmaguncha, burningni ko'tarma. Bu futbol, futbol xalqniki, sen undagi ishtirokchisan xolos, seni bittada erga tushiradigan ham, osmonga olib chiqadigan ham shu muxlising bo'ladi. Kerak bo'lsa, unga salom ber, kerak bo'lsa undan uzr so'ra. Men yuqorida nomini keltirgan futbolchilar nega xalq ardog'ida, chunki ular shunday nomga ega bo'lib turib ham, kamtarligini yo'qotmagan.

Sayt o'quvchilaridan, yana bir bor, saytimiz obro'siga putr etkzamasdan fikr qoldirishlarini iltimos qilaman. Ertadan boshlanadigan kundalikni, endi boshqa sportchilarimizga bag'ishlayman. Ammo, tanamdagi yuragim (futbol) to'xtab bo'ldi.

27 sentyabr, 03:35. Janubiy Koreya, Incheon.
Nodirxo'ja Yuldashev
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика