Incheon-2014. Sportchilarimizning kechagi ishtiroki
28 sen 2014 10:27
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/146025_original.jpg)
![](/upload/storage/146025_220.jpg)
Incheon-2014. Sportchilarimizning kechagi ishtiroki
Janubiy Koreyaning Incheon shahrida davom etayotgan 17-Osiyo o'yinlarining sakkizinchi kuni o'zbekistonlik sportchilar bir nechta sport turlarida o'z imkoniyatlarini sinovdan o'tkazishdi.
Jumladan, baydarka va kanoeda eshkak eshish bo'yicha o'tkazilgan musobaqalarda yurtimiz sportchilari muvaffaqiyatli odimlashdi.
O'z yo'nalishdarida Vadim Menkov, Aleksey Machalov, Sergey Borzov, Vyacheslav Gorn, Ernest Ernazarov, Aleksandr Tropin, Mirziyod Hojiev, Serik Mirbekov, Gerasim Kochnev, Olga Umaralieva, Kseniya Kalinina va Viktoriya Osokina final bosqich yo'llanmasini qo'lga kiritishdi. Endi bu sportchilarimiz medallar uchun kurashishadi. Erkin kurashchimiz Bekzod Abdurahmonov ilk oltin medalni taqdim etdi.
Medal kutayotganimiz – engil atletika bo'yicha o'tkazilgan musobaqalarda Sitora Hamidova 10 ming metr masofaga yugurish bahslarida 32 daqiqa 12.54 soniya natija bilan 4-o'rinni egalladi. Yadro uloqtirishda Safiya Burxanova 16.95 metr natija bilan 5-o'rinni band etdi. Bosqon uloqtirishda Suxrob Xo'jaev 71.43 metr natija bilan 5-o'rin bilan kifoyalandi.
Xabar berganimizdek, veloshosse bahslarida hamyurtimiz Murodjon Xolmurodov beshinchi natijani qayd etdi.

![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar