Immobile nega klubda gol urish bo'yicha sermahsul, termada esa u darajada emasligini aytdi
21 sen 2022 21:05
Yangiliklar


Immobile nega klubda gol urish bo'yicha sermahsul, termada esa u darajada emasligini aytdi
"Lacio" hujumchisi CHiro Immobile klubi va terma jamoadagi o'rnini taqqosladiyu
CHiro "Lacio" safida 268 ta o'yinda 187 ta gol urgan. SHu bilan birga, hujumchining Italiya terma jamoasidagi natijasi u qadar yorqin emas - 55 o'yinda atigi 15 ta gol. Immobile shu haqda fikr bildirdi.
"Turlicha o'yin tizimlari men uchun muammo emas, murabbiyning har qanday tanlovidan mamnunman. Men har kuni o'zimdan muammo nimada deb so'rayman. Ehtimol haqiqat shundaki, "Lacio" tarkibida men uchun xato qilish huquqi ko'proq", - dedi Immobile.
Eslatib o'tamiz, Italiya terma jamoasi 2022 yilgi jahon chempionatida ishtirok etmaydi - jamoa saralashdan o'ta olmadi. "Skuadra Adzurra" oxirgi marta 2014 yilgi jahon chempionatida qatnashgan.
O’xshash yangiliklar
09:17
Bugun Evropa ligasida qura tashlash marosimi bo'lib o'tadi. Romaning ehtimoliy raqiblari malum 6

Fikrlar