So’nggi yangiliklar

22:15"Рома" янги мавсум учун уй либосини тақдим этди  0 21:45ПСЖнинг икки футболчиси учун Клублар ўртасидаги ЖЧ якунланди. Хайсен эса...  8 21:25Расман: "Банияс" Акмал Мозговойни ўз футболчиси сифатида таништирди  3 21:00Championat.asia ҳамда Transfermarkt Ўзбекистон Суперлигасининг ўтган ойдаги энг яхши мураббийи ва футболчисини аниқлади  4 20:22Тиаго Силва: "Челси" ва ПСЖдан чексиз миннатдорман"  10 19:52"Арсенал" Евро ярим финалчиси трансферини ҳал этди  4 19:23​Рустам Ашурматов Эронга етиб борди  2 18:59Санчо "Ювентус"га молиявий талабларини маълум қилди  3 18:31Футболда ринг нафаси: Майкл Баффер Клублар ўртасидаги ЖЧга таклиф этилди   2 18:03"Футбол олами". Биринчи давра якунланди  1 17:47Сулоланинг янги вакили: Петр Чехнинг ўғли "Фулхэм" билан биринчи шартномасини тузди  7 17:19Гильермо Очоа ўзининг олтинчи мундиалида қатнашмоқчи  4 16:50Ушалмай қолган орзу: "Порту" Жотани қайтармоқчи эди  1 16:22"Тоттенхэм" япониялик ҳимоячи билан шартнома имзолади  1 15:54Афғонистон терма жамоаси Россияга ўртоқлик ўйини ўтказиш таклифини берди  5

IMHO: o'zbek futbolidagi matbuot xizmatlar qanday ishlayapti? Yangiliklar

IMHO: o'zbek futbolidagi matbuot xizmatlar qanday ishlayapti?

IMHO (in my humble opinion) - mening ojizona fikrimcha. Inglizlar biror bir taklif yoki fikr berishda ko'pincha IMHO so'zidan foydalanishadi. U yoyib chiqilganda qanday o'qilishini va o'zbek tiliga qanday tarjima bo'lishini yuqorida keltirdim.

Ijtimoiy-siyosiy nashrda faoliyat olib bora turib malum masala yuzasidan matbuot xizmati bilan bog'lanishga ko'p to'g'ri kelib qoladi. Bu o'rinda turli holatga duch kelaman: bazida matbuot xizmatidan aniq malumot olasiz, bazida esa buning aksiga duch kelasiz (shunday matbuot xizmatlar bor, ular bilan bog'lanib ham bo'lmaydi). 

Sportda, xususan, futbolda matbuot xizmatlarida boshqacha holatga duch kelaman. Axborot xizmati rahbaridan klubdagi bazi malumotlar so'ralgani odatda bilmasligini bildiradi. Bunga o'rganib ham qolgan kishi. 

Yoki boshqa toifa matbuot kotiblaridan biror vaziyat yuzasidan izoh so'ralsa avval xabarni inkor etib, so'ngra saytni go'yoki "yolg'on malumot tarqatishda" ayblaydi. Vaholanki jurnalistikada manbalar orqali malumot berish bu normal holat. Ismini sir qolishni istagan manba bizga qandaydir malumot etkazsa (albatta, manba bo'lganda ham ishonchli manba bo'lishi kerak!) va o'sha xabar elon qilinsa bu yolg'on axborot bo'lmaydi. 

"Paxtakor" klubi matbuot kotibi Behzod Nazarov bilan intervyu qilganimda bir yaxshi fikrni bergan edi: "matbuot xizmati rasmiy axborot beradi", degan edi u. 

O'FA matbuot kotibi Davron Fayziev ham matbuot xizmatlari "eshitdik-da" yoki qandaydir manbalarga tayanib emas, balki rasman tasdiqlangan xabarni berishni aytib o'tgan. Bu mutlaqo to'g'ri fikrlar. 

Malumot uchun, odatda "Championat.asia" tomonidan manbalarga tayanib chiqarilgan xabarlar rasman o'z tasdig'ini topadi!

Yoki boshqa bir toifadagi matbuot kotiblari esa klubdagi bosh murabbiyning buyrug'iga qarab ish qiladi. Deylik biror futbolchi o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushsa uni murabbiy ruxsat bermasa klub matbuot xizmati elon qilmaydi. 

Yaqinda "Lokomotiv" jamoasi Tojikistonning "Istiqlol" jamoasiga qarshi bahs olib bordi. O'yin Toshkentda, aynan "Lokomotiv" stadionida bo'lib o'tdi. Lekin mezbon jamoa ushbu bahs haqida o'yindan keyin malumot berdi (shunda ham faqat natija va fotogalereya. Tarkiblar haqida malumot yo'q!) Tojikiston klubi esa o'yin kuniyoq malumot etkazdi, o'yin haqida malumotlar berib turdi. "Championat.asia" ham bu o'yin haqida yozdi, "Loko" matbuot xizmati elon qilmagan tarkiblariga qo'shib! 

Foto: "Istiqlol" matbuot xizmati

SHu o'rinda "Loko"ga savollar bor: 

1. Bu uchrashuv yopiq o'yin maqomida o'tkazildimi?

2. Agar javob "ha" bo'lsa, nega "Istiqlol" malumot beraverdi? Yopiq o'yin ikki jamoaning kelishuvi holda o'tkazilmaydimi?

3. Yuqoridagi ikki savolga javob beriladimi? (berilmasa ham xafa bo'lish yo'q, o'rganib qolganmiz)

Yoki boshqa misol bor. Tojikistonning "Istiqlol" klubi "Loko"ga qarshi o'yin oldidan "So'g'diyona"ga qarshi o'rtoqlik o'yini o'tkazdi. Jizzax klubi o'yindan so'ng "Istiqlol" matbuot xizmati tayyorlagan fotoni olib, qisqa matn yozib xabar berdi. Tojikistonliklar esa butun boshli o'yin haqida yozishdi ("So'g'diyona" klubi elon qilmagan tarkiblarni ham!). 

Behzod Nazarov bergan intervyusida Rossiya, Ukraina, "kuchli beshlik" klublarining matbuot xizmatlarini kuzatishni aytib o'tgan edi. Ayrim matbuot kotiblaridan bir iltimosim bor: mayli siz Rossiyani yoki Evropa davlatlarini kuzatmang. Hech bo'lmasa shu qo'shni Tojikistonning "Istiqlol"ini kuzating. 

Malumot uchun, avvalroq, Fahriddin Ro'ziev futbol jamoalarida faoliyat yuritadigan matbuot xizmati xodimlarining maoshi haqida qisqacha malumot bergan edi

P.S.: "birovni ishini tahlil qilguncha o'zingning ishingni epla", deb so'kishingiz mumkin. Lekin shunchaki bu holatga bir nazar soldim va shu hol chiqib keldi. Agar yaxshi bo'lsa-yu, men uni yomon deyaversam noto'g'ri bo'lar edi.

Muallif : Og'abek Samisov
Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика