So’nggi yangiliklar

02:17Африка Миллатлар Кубоги. Осимхендан дубль, Лукмандан "гол+пас": Нигерия Мозамбикни тор-мор этди  2 01:13"Андижон" Абдуманнопов билан шартномани узайтирди  0 01:06"Челси" янги устози номи маълум. У шанба куни жамоани майдонга бошлаб тушади  4 00:14Африка Миллатлар Кубоги. Салоҳ гол урди, Миср эса қўшимча таймларда Бенин тўсиғидан ўтди  0 23:42"Барселона" "Ал Ҳилол"дан Канселуни сотиб олишга яқин  1 23:19Эндрик "Реал"даги ўйин амалиёти йўқлиги ҳақида: "Бу ҳаётимдаги энг яхши олти ой бўлди, уй қуришга улгурдим"  2 22:55Сульшер МЮга вақтинчалик мураббий сифатида қайтишга тайёр  12 22:12"Барселона" Канселу бўйича "Ал Ҳилол"га таклиф юборди  0 22:01МЮ Аморимга истеъфо учун 10,05 млн фунт тўлаб бериши керак  3 21:18РАСМАН: Беҳруз Асқаров — ОКМК футболчиси!  1 20:52"Интер" Канселу трансфери бўйича "Ал Ҳилол" билан келишувга эришди, аммо...  2 20:24"Ман Сити" Гвардиол ва Диашнинг жароҳати сабаб қишки трансфер ойнасида ҳимоячи сотиб олмоқчи  17 19:50"Бавария"нинг порлаб келаётган юлдузи "Реал"да ўйнашни орзу қилади  3 19:22Ашортиа: "Андроникашвили билан биргаликда "Андижон" яхши натижаларига эришиши учун ёрдам берамиз"  1 18:57Вадим Абрамов: "Аввал бизга етарлича баҳо беришмасди, энди эса даража кўтарилди"  5

Ilyos Zeytullaev: "Men joyimdan qo'rqmayman. Ertaga nima bo'lishini bilmaymiz" Yangiliklar

Ilyos Zeytullaev: "Men joyimdan qo'rqmayman. Ertaga nima bo'lishini bilmaymiz"

"Bunyodkor" bosh murabbiyi Ilyos Zeytullaev "Paxtakor"ga qarshi uchrashuvdan so'ng fikrlarini bildirib o'tdi.

"O'yinni ko'rdingiz. Mehmonda "Paxtakor"ga qarshi teng o'yin ko'rsatdik deb o'ylayman. Birinchi bo'limni olib qaraganda ham 5-6 ta vaziyatlarimiz bo'ldi. Futbol shunday sport turiki, unda yaratilgan imkoniyatlardan foydalanishingiz kerak. Biz qo'limizdan kelgancha harakat qilyapmiz. Balki mavsumdagi eng yaxshi o'yinlarimizdan birini o'tkazgandirmiz. Lekin bu ochko olib kelmadi",- deydi Zeytullaev. 

- Jamoaga kelganingizdan beri qanday o'sish kuzatildi?

- "Bunyodkor"da shtabimiz bilan ishga kirishganimizda oxirgi o'rinda borayotgan edik. Hozir bir pog'ona yuqoridamiz. Progressga kelsak, har bir o'yinda 15 ga yaqin xavfli vaziyatlar yaratyapmiz. Lekin foydalana olmayapmiz. 

- Vaziyatlarni golga aylantira olmaslik ruhiy holat bilan bog'liqmi? Deylik bugunning o'zida Ismonalievda qulay imkoniyat yuzaga kelgandi...

- Yigitlar ruhiy tomondan bosim his qilishmoqda. Men ham bu jarayonni boshimdan o'tkazganman. Mahorat bor. Usmonali "Lokomotiv" bilan o'yinda gol urib g'alabaga hissa qo'shgandi. Oldimizda katta tanaffus. Tiklanib olib, ikkinchi davraga tayyorgarlik ko'ramiz. Hammasi mehnat evaziga keladi. Muxlislarni xursand qilishni juda istamoqdamiz. Lekin bu narsa o'xshamayapti. 

- Serbiyaga ketgan Amirbek Saidov va rus klublariga o'tishi kutilayotgan Amir To'raqulov haqida nima deya olasiz?

- Bu savolni rahbariyatga bergan maqul. Amirbek Saidovga omad tilayman. Masalan, bugun o'rning bilindi. Amir To'raqulovga qaysidir klublar qiziqayotgani haqida eshitdim. Unda futbolchiga hos barcha sifatlar bor, iqtidorli o'yinchi. Nafaqat Rossiya chempionati, Evropada ham o'ynab keta oladi. 

- Temurxo'ja Abduxoliqov jamoa sardori, o'zida katta masuliyat his qiladi. U hech bilan urishmadi, shunchaki himoya qildi. Yana gaplashamiz, keyingi safar bunday narsalarga emas, gol urishga energiya sarflaydi degan umiddaman.  

- Bunday asabiy va katta bosim holatida joyingizni yo'qotib qo'yishdan qo'rqmaysizmi? To'g'ri, jamoa o'yinni o'zgartirgan. Lekin...

- Men joyimdan qo'rqmayman. Ertaga nima bo'lishini bilmaymiz. Murabbiy hayotida bo'ladigan narsa. Rahbariyat mendan bo'shatishni va boshqa odam kelishini aytsa men faqat "Bunyodkor"ning muxlisi bo'lib qolaman. Murabbiylar shtabimdan minnatdorman. Yaxshi kunda ham, yomon kunda ham katta yordam berishmoqda.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика