So’nggi yangiliklar

08:20`Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди  5 02:59Ла Лига. "Атлетико" меҳмонда "Реал Сосьедад"га қарши ўйинда очко йўқотди  3 02:51А Серия. "Интер" ўз майдонида "Болонья"ни мағлуб этди  1 02:44Лига 1. ПСЖ дербида "Париж"ни мағлуб этди  2 02:10Африка кубоги. 1/8 финал. Камерун ЖАРни мағлуб этди, Марокаш Танзаниядан устун келди  1 00:58Тео Эрнандес А Серияга қайтиши мумкин  0 00:30АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди  44 23:24Винисиус 18 та ўйиндан бери гол уролмаяпти. Охирги гол октябрь ойининг биринчи ярмида киритилган  2 22:40АПЛ. “Ньюкасл” “Кристал Пэлас”ни, “Брентфорд” “Эвертон”ни мағлуб этди, “Тоттенхэм” эса ўз уйида “Сандерленд”ни мағлуб эта олмади  1 22:30АПЛ. "Фулхэм" "Ливерпул"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада ўтказиб юборилган голдан сўнг 90+7 дақиқада тўп киритиб, ҳисобни тенглаштирди  15 22:15Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди  51 21:44"Челси" "Астон Вилла" юлдузи учун катта таклиф тайёрламоқда  3 20:53"Реал"га Бернарду Силвани таклиф қилишди. "Қаймоқранглилар”нинг бунга жавоби маълум  2 20:10АПЛ. "Манчестер Юнайтед" "Лидс"ни мағлуб эта олмади  20 19:01А Серия. "Наполи" Римда "Лацио"ни қийинчиликсиз мағлуб этди  1

Ilyos Zeytullaev: “Dinamo” maydonida ochko olib ketish oson emas” Yangiliklar

Ilyos Zeytullaev: “Dinamo” maydonida ochko olib ketish oson emas”

Superliganing 18-turidan o'rin olgan “Dinamo” - “Bunyodkor” (2:3) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Ilyos Zeytullaev matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O'yin haqida

- Og'ir o'yin o'tkazdik. Yigitlar jamoamizning ayni damdagi holatini tushungan holda harakat qilishdi. Juda emocional uchrashuv guvohiga aylandik. G'alaba biz uchun zarur edi, oldimizdagi vazifani uddalash uchun astoydil harakat qilayapmiz. Oldingi uchrashuvlarda bo'lgani kabi bugun ham oson bo'lmadi. Yigitlarga irodali o'yin uchun minnatdorchilik bildiraman.

- “Dinamo” jamoasi ko'rsatgan o'yin haqida fikringiz?

- Albatta, “Dinamo” juda yaxshi shakllangan jamoa. Samarqandga kelib bu bu jamoadan ochko olib ketish oson emas. Klubda tajribali mutaxassislar ishlaydi. Kuchli futbol namoyish etadigan kurashuvchan jamoa.

- Demak, “Dinamo” jamoasi haqidagi fikringiz ijobiy, shundaymi?

- Ha, albatta. Bugungi o'yin uchun har ikki jamoaga minnatdorchilik bildiraman. Muxlislar sevib tomosha qiladigan o'yin namoyish etib berishdi. Aytib o'tganimdek, hozir hech qaysi uchrashuvda natija osonlikcha kelmayapti.

- “Bunyodkor” turnir jadvalining quyi pog'onalarida borayotgani moliyaviy holat bilan bog'liqmi? Yoki boshqa sabablar ham bormi?

- Bilasiz, “Bunyodkor” o'z tarixida bir necha bor sovrinlar yutgan klub. O'ziga yarasha tarixi, qo'llab-quvvatlab turadigan muxlislari bor. Mavsum birinchi qismida qimmatli ochkolar boy berilgan. Mana “Navbahor” bilan o'ynadik, yana “Andijon” bilan, jamoani muvaffaqiyatsizliklar girdobidan olib chiqib ketishga harakat qilayapmiz. Bu savolingizga birgina javob bilan echim topib bo'lmaydi. Javob berishning o'zi qiyin. Biz klubning avvalgi darajasini, tarixini hurmat qilgan holda harakat qilayapmiz.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика