So’nggi yangiliklar

18:30"Сурхон" россиялик футболчиси билан келишувини 2 йилга узайтирди  0 18:07Расман: Игорь Сергеев "Персеполис" футболчисига айланди  2 18:01"Манчестер Сити" Гвардиол жароҳат олгани туфайли ижарадаги ҳимоячисини ортга қайтарди  0 17:40Гонсало Гарсия Ван Нистелройнинг натижасини такрорлади  0 17:23"Машъал" афсонаси Жамшид Ҳасанов фаолиятини якунлади  3 17:07Гвардиола "Челси" билан ўйинда икки ҳимоячисидан айрилди  4 16:50"Бу клуб менинг уйим эди. Келажакда ҳам шундай бўлиб қолади". Сергеев "Пахтакор" билан хайрлашди  5 16:44Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  30 16:32Нурилло Тўхтасинов: "Вадим Абрамовнинг қўлида 3 йил ўйнаганман. Самарқандда мухлисларни хурсанд қилишимиз керак"  1 16:10"Сўғдиёна" Грузиянинг 2 карра чемпионига қарши баҳс юритади  1 15:52Инсайд тасдиқланди: "Хоразм" футболчиси ОКМКга ўтди  1 15:44"Динамо" машғулотлари Championat.asia объективида  3 15:33"Манчестер Юнайтед" клуби Аморим бўйича расмий баёнот берди  8 15:21Breaking! МЮни ёзгача бошқарадиган мураббий номи маълум  12 15:01Тезкор хабар! Рубен Аморим МЮдан кетди  22

Ilyos Xayrov: “Darvozada turishim o'yindan bir soat oldin malum bo'ldi” Yangiliklar

Ilyos Xayrov: “Darvozada turishim o'yindan bir soat oldin malum bo'ldi”

Saytimiz orqali avvalroq xabar berganimizdek, birinchi liganing 6-tur o'yinida “Xorazm” safida aslida yarim himoyachi bo'lgan Ilyos Xayrov darvozabon sifatida xarakat qildi.
“Xotira-79”ga qarshi kechgan bahsda Hayrov o'z darvozasidan 3ta to'p o'tkazib yubordi. O'yindan so'ng futbolchi bilan shu xususda suhbatlashdik.

- Ilyos, sizni bungacha yarim himoyachi sifatida o'ynab kelganingizni yaxshi bilamiz. Lekin “Xotira-79”ga qarshi uchrashuvda darvozabon ampluasida xarakat qildingiz...
- Ha, shunday. Jamoamizda posbonlar bilan bog'liq muammo yuzaga kelgach, darvozada turishga majbur bo'ldim. CHunki jamoamga qaysi poziciyada bo'lsa ham foyda keltirishim kerak edi.

- Bu kimning qarori bo'ldi? Yoki darvozada turishni o'zingiz istadingizmi?

- Yo'q, bu butun jamoaning qarori bo'ldi. Ochig'i kutmagandim. Uchrashuvdan tahminan bir soat oldin darvozada turishim malum bo'ldi. Yaqinda o'g'il farzandlik bo'lganim uchun oldingi turda “UzDongJu” bilan o'yinga bormagandim. Keyin esa Uychiga kelib, jamoaga yordam berishni xohladim. CHunki diskvalifikaciya tufayli jamoada muammo yuzaga kelgandi.

- Ilgari ham darvozabon sifatida o'ynagan uchrashuvlaringiz bo'lganmi?
- Yo'q, asosan yarim himoyada o'ynaganman.

- U xolda “Xotira-79”ga qarshi o'tkazilgan o'yin siz uchun darvozabon sifatida qiyin kechgandir?
- Ha. Darvozada turish oson emas. Boz ustiga raqib jamoa futbolchilari meni aslida posbon emasliginimni bilib, uzoq masofalardan ham ko'plab zarba yo'llashdi.

- 5 balli tizimda o'zingizning ko'rsatgan o'yiningizga necha ball qo'ygan bo'lardingiz?
- (Kulib) Imkon darajasida o'ynab, darvozam dahlsizligini saqlab qolishga urindim. O'yinimga esa baho bera olmayman.

- Uchrashuvning qo'shimcha daqiqasi o'tib borayotganida o'z darvozangizdan 2 daqiqa ichida 2ta to'p o'tkazib yubordingiz. Bu alam qilgan bo'lsa kerak?

- Albatta. Nafaqat menga balki butun jamoa uchun alamli bo'ldi. Raqib jamoaning ikkinchi golidan keyin o'yinni markazdan boshladik va ular to'pni olib qo'yib, hujum uyushtirdi va buni gol bilan yakunlab, hisobni tenglashtirishga erishdi. Tabiiyki futbolda 90+1 va 90+2-daqiqalarda gol o'tkazib yuborib, ochko yo'qotish ruhiy zarba bo'ladi.

- O'tkazib yuborilgan uchta golni qaytarishni ilojisi yo'qmidi?

- Bungacha darvozabon sifatida o'ynamaganim uchun juda qiyin bo'ldi. Agarda posbonlarimizning o'zlari bo'lganida, o'ylaymanki har uchchala golni ham qaytargan bo'lardi.

- Safarda erishilgan ushbu durang sizlarni qoniqtirdimi?
- Bilasizmi bu o'yinga katta yo'qotishlar bilan kelgandik. Asosiy posbonlarimiz va bir nechta o'yinchilar diskvalifikaciya tufayli yordam bera olmadi. SHunga qaramay darvozabonsiz o'ynab ham safarda bir ochkoni qo'lga kiritdik. SHundan kelib chiqib durang biz uchun qoniqarli natija desa bo'ladi. Lekin tayyor g'alabani qo'ldan chiqarganimiz ham chakki bo'ldi.

- Agarda kelgusida shunday xolat takrorlansa, yana darvozada turishga tayyormisiz?
- (Kulib) Yo'q. To'g'risi, maydonda o'ynab yurib, keyinchalik darvozada turishingiz qiyin jarayon bo'larkan. Oldinga o'tib, o'ynagim keldi. Umid qilamanki, endi bu kabi xolatlar bo'lmaydi.


Islombek Rustambekov suhbatlashdi.   
Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика