So’nggi yangiliklar

23:52"Реал"нинг янги футболчиси: "Мен учун энг зўр футболчи - Месси"  0 23:22Конференциялар лигаси саралаши. "Сабаҳ" вазифани уддалай олмади  0 22:59Ринат Дасаев: "Ўзбекистонга Жаҳон чемпионатида омад тилайман"   1 22:38Тимур Кападзе: "Майдонга Дасаевга гол ураман деб тушган эдим"   1 22:14Доннарумма "Сити"да қанча маош олади?  3 21:53Расман: Мастантуоно - "Реал" футболчиси!  2 21:29Конференциялар лигаси саралаши. "Астана" сўнгги босқич олдидан мағлуб бўлди  5 21:04"Манчестер Юнайтед" футболчиси фаолиятини "Вест Бромвич"да давом эттириши мумкин  0 20:39Ўзбекистон терма жамоаси афсоналари Россия фахрийлари билан дуранг ўйнади  12 20:25"Манчестер Сити" ва Абдуқодир Ҳусанов 2025/26 йилги мавсум учун учинчи либосини тақдим этди   4 19:56"Барселона" Майамида ташкил этиладиган "Вильярреал"га қарши ўйин ортидан 5 млн евро ишлаб олади  0 19:25"Манчестер Юнайтед"нинг Лига кубоги 2-босқичидаги рақиби аниқланди  2 18:58"Манчестер Сити"нинг янги футболчиси 10-рақамли либосни олади  1 18:30"Одил Аҳмедов ФА" U-16 "Реал", "Динамо" Тбилиси ва "Црвена Звезда" билан ўйнайди   3 18:12"Атлетико" "Ал Насср" аъзосига даъвогар  1

Ilon Mask “Twitter”dagi JCH-2022 bilan bog'lik statistikalarni xavola etdi. Musobaqa 2018 yilgi mundial va Tokio-2022 Olimpiadasidan ancha oldinlab ketdi Yangiliklar

Ilon Mask “Twitter”dagi JCH-2022 bilan bog'lik statistikalarni xavola etdi. Musobaqa 2018 yilgi mundial va Tokio-2022 Olimpiadasidan ancha oldinlab ketdi

Qatardagi mundial eng taniqli ijtimoiy tarmoqlardan biri “Twitter” olamida ham muhokama qilindi.

#World xeshtegi tarmoqdagi eng yuqori o'rinlardan joy oldi. 

#WC2022 ostidagi muhokama va fikr mulohazalar 147 milliard tvitni tashkil etdi va bu #WC2018 ni osonlik bilan ortda qoldirib, #Tokio2020 Olimpiya o'yinlaridan 2 barabor ko'p natija ko'rsatdi.

Ilon Mask: “Franciyaning goli uchun soniyasiga 24,400 tvit bu Jahon chempionatidagi eng yuqori natija!" 

JCH-2022 vaqtidagi muhokamalar avjiga chiqqan asosiy 5 holat:

1. Argentina – Franciya. Final. Penaltilar seriyasi yakunlandi, Argentina chempionlik qo'lga kiritdi;

2. Argentina – Franciya. Final. Mbappe qoyilmaqom zarbasi bilan hisobni tenglashtirdi;

3. Xorvatiya – Braziliya. 1/4 final. Braziliya penaltilar seriyasida muvaffaqiyatsizlikka uchradi, Xorvatiya yarim finalga chiqdi;

4. Argentina – Franciya. Final. Di Mariya hisobni 2:0 ko'rinishiga keltirdi;

5. Xorvatiya – Braziliya. 1/4 final. Neymar 106-daqiqada gol urib, Braziliyani oldinga olib chiqdi.

Musobaqada eng ko'p nomi tilga olingan futbolchi Lionel Messi bo'ldi. Top-5 quyidagi ko'rinishda:

1. Messi;

2. Mbappe;

3. Neymar;

4. Ronaldu;

5. Son Xyon Min.

Argentina TJ esa eng ko'p eslangan ishtirokchi bo'ldi. Top-5 quyidagicha:

1. Argentina;

2. Braziliya;

3. Franciya;

4. Portugaliya;

5. Xorvatiya.

Braziliyaliklar eng ko'p tvit qoldirgan muxlislar reytingida etakchiga aylandi:

1. Braziliyalik ishqibozlar;

2. Yaponiya;

3. Argentina;

4. AQSH;

5. Franciya.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика