So’nggi yangiliklar

07:38Суперлига. Бугун 25-тур якунланади  0 04:12"Андижон" ўз уйида "Динамо"ни йирик ҳисобда мағлуб этган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 04:07Чемпион "Насаф" Фарғонада "Нефтчи"га мағлуб бўлган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 02:57Ла Лига. "Барселона" "Сельта"га қарши ўйинда сўнгги дақиқаларда иккита гол ўтказиб, ғалабани қўлдан чиқарди  97 02:06"Челси" 100 миллионлик форвардни харид қилмоқчи?!  2 00:29А Серия. "Милан" ва "Ювентус" ўртасидаги ўйин нурсиз дуранг билан якунланди  9 00:26АПЛ. "Манчестер Сити" ўз уйида "Тоттенхэм"га йирик ҳисобда таслим бўлди  29 23:11Битта гол урилган Тошкентдаги "Олимпик" — "Бунёдкор" ўйинидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 23:00Франция чемпионати. "Ланс" Ҳусановсиз ўз уйида "Марсель"дан учта тўп ўтказиб, мағлуб бўлди  8 22:49Моуринью "Реал" собиқ ўйинчисини нишонга олди  2 22:11АПЛ. "Арсенал"дан йирик ғалаба, лондонликларнинг сўнгги голини ўтган йили Ўзбекистонга қарши баҳсда ҳаракат қилган 17 ёшли ўйинчи урди  10 22:06Бундеслига. "Байер" 0:2ни 5:2 қилди, "Боруссия Дортмунд"дан жавобсиз 4та тўп, "Хоффенхайм" — "Лейпциг" ўйинида 7та гол  0 22:00Суперлига. Экстра-тайм: жорий мавсум узоқ давом этган ўйинлар  0 20:57А Серия. "Интер" "Верона"га қарши ўйин тақдирини биринчи бўлимнинг ўзида ҳал қилди  0 20:40Вадим Абрамов: "Барча голларни қарши ҳужумлар туфайли ўтказиб юбордик, ўйин учун режамиз умуман бошқача эди"  3

Ilhomjon Sabidov: “Istiqlol” stadioni mavsumga tayyor” FOTO Yangiliklar

Ilhomjon Sabidov: “Istiqlol” stadioni mavsumga tayyor” FOTO

Bu haqda bilish maqsadida kecha Farg'onaga safar uyushtirib, stadion ko'zdan kechirib chiqdik. Muxlislar intiqlik bilan kutgan damlar keldi.
Nihoyat Farg'ona jahon andozalariga to'la javob beradigan xalqaro arenaga ega bo'ldi. 18 mart kuni “Istiqlol” nomli stadionning ochilishi bo'lib o'tdi. Navro'z bayrami aynan ushbu stadionda bo'lib, unda viloyat mutasaddi rahbarlari ishtirok etib, yangi stadionni ochib berdi.

“Istiqlol” stadioniga kirib borar ekanmiz, tabiiyki stadion direktori bilan uchrashib, o'zimizni qiziqtirgan savollarga javob olishga urindik. Ammo Ilhomjon Sabidov tashkiliy ishlar bilan yurgani va biroz vaqt o'tib, stadionga kelishi aytildi. Ungacha stadion ishchi xodimi G'ulomjon Abdulatipov bilan uch qavatdan iborat bo'lgan binoni ko'zdan kechirdik. Xodim bizni har bir qavatdagi xonalarga olib kirib, erinmasdan malumot berib, tanishtirib chiqdi. Zamonaviy usulda qurilgan stadion “Bunyodkor” stadionini eslatib yuboradi kishiga.



Farqi biroz kichikroq. Lekin hamma qulayliklar yaratilgan. Ko'zingiz quvonadi, vodiyda ham shunday arena qurilganidan. Kim bilan gaplashmang, ushbu stadionni qurilishida bosh bo'lgan insonlarning umri uzoq bo'lsin deya ilik fikrlarni bildiradi. Haqiqatdan ham bunday zamonaviy stadionni qurib bitqazilishida ozmi-ko'pmi ter to'kkan insonlarga rahmat aytsa arziydi. Xalq mamnun.
Xullas stadionni aylanish chog'ida faqat xavas qilib, keyinchalik ham boshqa viloyalarimizda ham eng kamida shunday xalqaro talablarga javob beradigan arenalar qurilishini niyat qildik.

“Istiqlol” stadionining asosiy binosidagi barcha qavatlaridagi xonalarga ko'zdan kechirdik. Maydon xolati ham alo darajada. Yam-yashil. Tribunalar toza va pokiza xolatda. O'rindiqlar ham sifatlisidan o'rnatilgan.
Stadion direktori Ilhom aka Sabidovni stadionga kelganidan xabar topgach, yurishimizni u kishining xonasiga tomon o'zgartirdik.



- Eng avvalo xalqimizga shunday zamonaviy stadionni qurib bergan yurtboshimizga qolaversa viloyatimiz rahbarlariga ko'p mingli sonli ishqibozlar nomidan minnatdorchilik bildiraman. “Istiqlol” stadioni 18 mart kuni Navro'z bayrami arafasida viloyatimiz rahbari boshchiligida ochildi. SHu kuni 12000dan ziyod fuqarolar tashrif buyurdi va ularga xalqimiz suygan sanatkorlar o'zlarining diltorlar qo'shiqlari bilan yanada xursandchilik ulashdi. Asosiysi xalqimiz bayramni yuqori kayfiyatda nishonlab, o'z uylariga xursandchilik bilan qaytdi. Endilikda stadionimiz futbol o'yinlarini o'tkazishga tayyor. Nasib qilsa 3 aprel kuni yoshlar o'rtasida O'zbekiston – Yangi Zelandiya uchrashuvi bilan stadionimiz o'z faoliyatini boshlaydi – deya gap boshladi Ilhomjon Sabidov.

- “Istiqlol” stadioni haqida malumot beradigan bo'lsam, stadionning umumiy xududi 22 gektar erni o'z ichiga oladi. 600ta avtoulov uchun mo'ljallangan maxsus turar joy barpo etilgan. O'ylaymanki bu tomondan muammo bo'lmaydi.

Stadionga kirish xududi 2ta. O'yindan so'ng esa ishqibozlarni xavfsizligini taminlash va ularni tezrok stadionni tark etishi uchun 8ta katta eshiklar ochiladi. Stadionimizda mashg'ulot o'tkazish uchun suniy qoplamali 65x90 hajmda maydon ham qurilgan. Asosiy maydonimiz hajmi emas 107x95 hajmda bo'lib, uning chimi Gollandiyadan olib kelingan urug'lar asosida tayyorlandi. Maydon chimi 100 foiz xorijdan keltirilgan. Sektorlarga kirish eshiklari esa 8tani tashkil etadi.



Stadionimizda 32ta sektor bo'lib, ularning har biriga turlicha miqdorda ishqiboz sig'adi. 400tadan 600ga yaqin muxlisga mo'ljallangan. Jami 20000 tomoshabinga mo'ljallangan. Stadiondagi 6ta sektor CIP loja qilib belgilangan. Qolgan 26ta sektor esa 1 toifadagi lojalar hisoblanadi. Stadion ishchi xodimlari soni jami 92 nafarni tashkil etadi. Hamma kerakli mutaxassislar jalb qilingan. Xodimlarning barchasi har kuni stadionga kelib, ertalab soat 09:00dan 18:00gacha faoliyat yuritadi. Ular uchun stadionda oshxona tashkil etilgan. Ovqatlanish ham shu erning o'zida bo'ladi.

- Stadionga kirish chiptalari ham ikki xil toifada bo'ladi. 5000 va 7000 so'm qilib belgilandi. O'ylaymizki bu narx hammani qoniqtiradi. Ishqibozlarga qulaylik yaratish maqsadida oltita yo'nalishda yani tumanlarda ham chiptalarning ko'chma do'konini yo'lga qo'ydik. “Istiqlol” stadionida O'zbekiston - Yangi Zelandiya bahsi birinchi o'yin bo'lishi sababli hozircha bu qanday natija berishini bilmaymiz. Mazkur bahsdan keyin o'zimiz uchun kerakli xulosa chiqarib olamiz. Stadionning chipta sotuvi bilan ishlaydigan maxsus xodimi yo'q. SHuning uchun bu borada buyruq asosida ishchi xodimlar xizmatidan foydalanmoqdamiz. Tumanlar uchun chiptalar chegarasi yo'q.



Qaysi tumanda sotuvi yaxshi bo'lsa, o'sha erda tezroq chiptani sotish talab etiladi. Stadion Farg'ona shahar hokimiyati hisobida. SHuning uchun o'yinlarga chiptalarni stadion mamuriyati chiqaradi. “Neftchi” bilan bu borada rasmiy kelishuv qilinmadi. Yaqin orada shartnoma imzolanib, chiptalardan tushadigan pullar qay tarzda taqsimlanishi kelishib olinadi.  

- O'yinlarga tashrif buyuradigan ishqibozlar uchun imkon qadar qulay sharoitlar yaratiladi. Xususan ovqatlanish uchun o'yin kunlari 50 nafar odamga mo'ljallangan oshxona ishlab turadi. SHuningdek sektorlarga maxsus idishlarda suv olib kirishi ham mumkin bo'ladi. 

- Stadionimizning asosiy tribunasi joylashgan xudud uch qavatdan iborat bo'lib, uning birinchi qavati asosan jamoalar va hakamlar uchun ajratilgan. “A” va “V” echinish va kiyinish xonalari qilingan bo'lib, har bir jamoa uchun ikkitadan “razdevalka” mavjud. Uning har biri 25ta odamga mo'ljallangan bo'lib, umumiy 100 nafar sportchi uchun o'rindiq mavjud. Ko'rgan bo'lsangiz, “razdevalka”da murabbiylar uchun ham qulay sharoitlar yaratilgan. Xususan o'yin oldidan shogirdlariga kerakli ko'rsatmalarni berishi uchun maxsus jihozlar olib kelib o'rnatilgan. O'yindan keyin yuvinish uchun ham etarlicha sharoitlar muhayyo etildi. Tanaffus vaqtida futbolchilarga tibbiy yordam ko'rsatish uchun ham alohida xona ajratilib, kerakli jihozlar bilan taminlangan.



- Binoning ikkinchi qavatida stadion mamuriyati joylashgan. Uchinchi qavatida esa o'yinga tashrif buyurgan martabali kishilar uchun VIP loja, OAV xodimlari uchun maxsus joylar qilingan. 30 nafar odamga mo'ljallangan VIP loja uchun xizmat qiladigan maxsus bufet o'yin paytida ishlab turadi. Jurnalistlar uchun sharoitlar yaratilgan.

“O'zbektelekom” korxonasi stadonimizga WiFi internet tizimini qo'yib beradi. Bu borada hozir ish olib borilmoqda. Stadion suxandoni uchun ham zamonaviy sharoitlar yaratilgan. TV va radio uchun o'yinni sharhlab boradigan jurnalistlarga ham alohida xonalar qilingan. Uchrashuvdan keyingi matbuot anjumani bo'lib o'tadigan ikkita konferenciya zali ham uchinchi qavatda joylashgan.



- “Neftchi” klubi stadionga asosan o'yin kunlari keladi. Keyin o'yinoldi mashg'ulotini ham shu erda o'tkazadi. Qolgan paytlar esa Qirgulidagi qarorgohida istiqomat qilib, o'sha erning o'zida mashg'ulot o'tkazadi.

- 3 aprel kuni bo'lib o'tadigan O'zbekiston – Yangi Zelandiya bahsiga stadion xodimlari tomonidan qizg'in ish olib borilmoqda. Hamma narsa tayyor! Nasib qilsa yurtdoshlarimiz shu kuni g'alaba qozonib, xalqimizga xursandchilik ulashadi degan umiddaman.


Islombek Rustambekov.   
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика