So’nggi yangiliklar

09:55Элдор Шомуродовга Франциядан ҳам таклиф бор  5 09:27“Манчестер Сити“ Ҳусановни Франция клубига ижарага беришни истамади  6 08:58Расман. Аббосбек Файзуллаев жамоасига янги бош мураббий тайинланди  0 08:28“Истанбул Башакшехир“ Элдорнинг трансфери учун “Рома“га қанча таклиф қилгани маълум  7 08:01Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Бавария" сўнгги дақиқалардаги гол эвазига ғалаба қозонди  4 07:31Суперлига. Бугун 13-турнинг марказий учрашуви бўлиб ўтади  11 07:20Суперлига. Захирадан тушган Жокичнинг голи "Нефтчи"га уч очко тақдим этди, "Насаф" эса Қашқадарё дербисида "Машъал"ни енгди  2 01:16Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Бавария"дан 10та гол қабул қилган "Окленд Сити" "Бенфика" билан ўйинда ҳам кўп гол ўтказиб юборди  7 01:05Клублар ўртасидаги ЖЧ. Жексон туғилган кунида 4 дақиқадаёқ қизил карточка олган ўйинда "Челси" мағлубиятга учради  17 00:58Асрор Алиқулов: "Айрим футболчиларимиз Суперлига даражасига тайёр эмас"  2 00:38Виртц бу рейтингда учинчи бўлди  4 00:08Рўзиқул Бердиев: "Ёзда камида 2-3 футболчини олиб келамиз"  2 23:49Виталий Левченко: "Бухоро" ўзига муносиб бўлмаган жойда"  16 23:28Расман: "Ливерпуль" Виртцни 136 млн эвазига сотиб олди  14 23:12"Бухоро" ёрдамчи мураббийи: "Ҳакам нега футболчиларимизни сўкади? Ҳакамнинг "Нефтчи"га ёрдам бериши шарт эмасди"  18

Ilhom Yunusov: Nima, penaltidan gol urish osonmi? Yangiliklar

Ilhom Yunusov: Nima, penaltidan gol urish osonmi?

Har turda kutilmagan natijalar qayd etilishi, etakchi klublarning keragidan ortiq uchrashuvlarda ochko yo'qotishlari va turnir jadvalida yuzaga kelgan tig'izlik muxlislar o'rtasida ikkinchi davraga nisbatan qiziqishni yanada oshirishi turgan gap.

Tanaffusga qadar notekis o'ynagan klublardan yana biri - Qizilqum. Navoiylik oltin izlovchilar ortda qolgan 15ta uchrashuvning atigi 5tasida g'alabaga erishishdi.

Durang va mag'lubiyatlar soni ham teng - 5ta. Xullas, tatilga chiqqan jamoa etakchilaridan biri, penalti tepish mutaxassisi - Ilhom Yunusov bilan aynan birinchi davra yakuni yuzasidan suhbatlashdik.

- Ilhom, mana, birinchi davra yakunlandi. Aytish mumkinki, Qizilqum mavsumning birinchi yarmida ishonchni oqlamadi. Buning asosiy sababi nima?

- Hammasi oddiy - oliy ligada raqobat oshdi, jamoalar sezilarli darajada kuchaydi. Albatta, bu yaxshi holat - futbolimiz saviya bobida o'syapti. Qarang, oliy liga o'yinlari hech bir jamoa uchun oson kechmayapti. Tabiiyki, biz ham qiynalyapmiz. Hozirgi holatda g'alaba tugul, ochko ham shunchaki, berilmayapti. Boz ustiga, bazi o'yinlarda omad jamoamizdan ochiqchasiga yuz o'girdi. Bu albatta, shaxsiy fikrim va kimdir qo'shilmasligi ham mumkin.

- Aslida Qizilqum tarkib bo'yicha turnir jadvalining yuqori qismida borayotgan jamoalardan kam emas. Lekin natija shunga muvofiq bo'lmadi. Bunga nima deysiz?

- To'g'ri aytasiz, bizda yaxshigina tarkib yig'ilgan. Deylik, tajribali, terma jamoada ham to'p surgan futbolchilar bor. Yuqorida aytdim, ayrim o'yinlarda shunchaki, omadsizlik pand berdi. Ayniqsa, o'z maydonimizdagi uchrashuvlarda shu sabab, ko'p ochko yo'qotdik.

- Vaholanki, jamoa o'z maydonida ancha faol o'ynashi kerak...

- Ha, shunday. Axir muxlislarning qo'llab-quvvatlashlari futbolchilarga qo'shimcha kuch bag'ishlaydi. Navoiyda esa futbolni juda yaxshi ko'rishadi. Buni stadionimizga tushayotgan muxlislar sonidan ham bilsa bo'ladi. Xullas, jamoamiz muxlislariga gap yo'q. Fursatdan foydalanib, ularga futbolchilar nomidan minnatdorchilik bildiraman. CHunonchi, muxlislarimiz jamoa yutqazib turgan o'yinlarda ham bizni qo'llab-quvvatlashdan to'xtamadilar. SHuningdek, hakam hushtagi chalinmagunicha stadiondan chiqib ketishmaydi. Nasib etsa, shunday munosabatga yarasha, ikkinchi davrada yaxshiroq o'ynaymiz va muxlislarga munosib javob qaytaramiz.

- Mabodo jamoa ichida qandaydir muammo yo'qmi, balki arzimas kelishmovchiliklar xalaqit berayotgandir...

- Yo'q, yo'q, muhit juda yaxshi. Baralla ayta olaman: futbolchilarning o'zaro munosabatlari joyida. Murabbiylar bilan ham aloqamiz talab darajasida.

- Moliyaviy taminotchi - maosh va mukofot pulini vaqtida olyapsizlarmi?

- Ha, bu borada ham nolishga asos yo'q. Maosh vaqtida berilyapti, rag'batlantirish masalasi ham chakki emas.

- O'zi klubda mashg'ulotlarni kim olib boradi? CHunonchi, Qizilqum­da xuddi Lokomotivdagi holat kuzatilmoqda.

- Mashg'ulotlar jarayoniga Hamidjon Aktamov, Yuriy Lukin va Akmal Xoliqov masullar.


- Ilhom, statistikangizga nazar solsak, aksariyat gollarni penaltidan urganingiz ko'rinadi. 11 metrli jarima zarbasini tepishda asosiysi nima - qobiliyatmi yoki sovuqqonlik?

- Tabiatan yutqazishga toqat qilolmayman, hamisha g'alaba haqida o'ylayman. Penaltiga kelsak - bu avvalo, lotereya. SHuningdek, ruhiy holat muhim. Yani nuqtaga o'ziga 100 foiz ishongan futbolchigina yaqinlashishi kerak. O'zi yoshligimdan jarima zarbalari va ayniqsa, penalti tepishga alohida ishtiyoqim bor. Bu borada maxsus shug'ullanaman ham. Lekin penaltidan gol urish ko'pchilik o'ylaganidek juda oson emas. Misol uchun, hamma ham nuqtadan zarba yo'llashga botinolmaydi.

- Qiziq, penalti tepish oldidan biror marta bo'lsada, gol urish masalasida shubhalanganmisiz?

- Yo'q, bunday holatga tushgan emasman. Mabodo o'zimga ishonmasam, to'p oldiga yaqinlashmayman. Muhimi, hozirga qadar chekinishimga to'g'ri kelgani yo'q. Bordiyu, biror jamoadoshim 11 metrli zarbani amalga oshirishni so'rasa, unga imkoniyat beraman, albatta. Demoqchimanki, bu borada qizg'anchiq emasman. Axir asosiy masala - jamoa g'alabasi.

- Siz uchun qaysi darvozabon bilan duelga kirishish qiyinroq?

- Ignatiy Nesterovni aldash oson emas. U penalti tepilayotgan payt vaziyatni oxirigacha kuzatib turadi va oldindan tashlanmaydi. Tajribasi katta-da, baribir. 

- Yana klubingizga qaytamiz: birinchi davra o'yinlarini tahlil qildinglarmi? Rahbariyatning xulosasi qanday bo'ldi?

- Albatta, birinchi davra bahslarini obdon ko'rib chiqdik va xato-kamchiliklarimiz haqida tushunchaga egamiz. Yani aynan nimalar ustida ko'proq ishlashimiz kerakligini bilamiz. Endi tanaffus chog'i astoydil ishlaymiz. Ayni payt jamoamiz 20 ochko bilan 9-o'rinni egallab turibdi. Turnir jadvaliga etibor qaratsangiz, jamoalar to'plagan ochkolar o'rtasidagi tafovut katta emas. Demoqchimanki, jamoa bittagina g'alaba evaziga bir necha pog'ona yuqorilashi mumkin. Umid qilamanki, ikkinchi davrada o'z o'yinimizni namoyish etib, turnir jadvalida ancha ko'tarilishni uddalaymiz. Bunga qurbimiz etadi. Jamoamiz rahbarlari birinchi davradagi xatolardan to'g'ri xulosa chiqarib, ke-yingi o'yinlarga puxta tayyorgarlik ko'rishimiz shartligini alohida uqtirishdi. O'ylaymanki, hali muxlislarimizni chiroyli o'yinlarimiz bilan xushnud etamiz. Jamoamizning ichki potencialini nazarda tutib, shunday ishonch bilan gapiryapman...


Kamoliddin ALIMOV suhbatlashdi

"Interfutbol" gazetasi

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика