So’nggi yangiliklar

11:57Ўзбекистоннинг икки гранди МТЖ аъзосига қизиқмоқда  2 11:31Водий клуби "Нефтчи" легионерига кўз тикди  3 10:44Педри Мессининг 15 йил аввал ўрнатган рекордини янгилади  0 10:16"Ливерпуль" собиқ устози Саудия клубини бошқаришга розилик берди  2 09:48Пеп Гвардиола Алекс Фергюсоннинг Премер-лигадаги рекордини янгилади  3 09:20"Реал Мадрид" саккиз нафар футболчисини сотишга тайёр - DC  3 08:53Нури Шаҳин кечаги ғалабадан сўнг ўз фикрларини билдириб ўтди  3 08:25Sofascore. Шомуродов ва Файзуллаев кечаги учрашувда неча баҳо олишди?  5 07:59Грузиялик тўпурар ярим ҳимоячи водий жамоаси билан шартнома имзолади  13 07:31Ўткир Юсуповнинг "Фулад"даги тақдири маълум бўлди  8 02:57Ла Лига. Мбаппе ва Родригонинг голи "Реал"га меҳмонда "Алавес" устидан ғалабани тақдим этди  20 02:37А Серия. "Ювентус" меҳмонда "Болонья" устидан минимал ғалабага эришди  3 02:18Бутун дунёни асабига ўйнаган вазир ёҳуд Мессининг Хиндистондаги "дўсти"  13 00:28Туркия Суперлигаси. Шомуродов тўпурарлик пойгасида етакчи бўлиб олди  9 00:06А Серия. "Интер" меҳмонда ғалабага эришди  1

Intervyu. Ilhom SHomurodov: "Hozir "Bunyodkor"da yana bir SHomurodov o'ynamoqda..." Yangiliklar

Intervyu. Ilhom SHomurodov: "Hozir "Bunyodkor"da yana bir SHomurodov o'ynamoqda..."

Ilhom SHomurodovning “Nasaf”ning yutuqlariga qo'shgan hissasi juda salmoqli va etirofga loyiq.

Ayniqsa uning muhim uchrashuvlarda “ajdarlar”ning joniga aro kirishi ko'pchilikning yodida iliq taasurotlar qoldirgan. Futbolchi jarohati bois, butsalarini mixga ilishga majbur bo'ldi.

2015 yilgi Oliy liganing 23-turi doirasidagi «Nasaf» – «Navbahor» uchrashuvida mezbonlar yirik – 5:1 hisobida g'alaba qozonishgan. Mazkur bahsda Ilhom SHomurodov dubl qayd etgan va “Nasaf”ning 1000-yubiley golini kiritgan. Ilhom SHomurodov so'nggi bor, 2016 yilgi chempionatning 13-tur doirasidagi safarda “Neftchi”ga qarshi bo'lgan uchrashuvning 62-daqiqasida maydonga tushgan, ushbu o'yin 2:2 hisobida yakunlangan. So'nggi golini esa 2016 yilgi chempionatning 3-turi doirasida Qarshida bo'lgan “Obod”ga qarshi uchrashuvda kiritgan, bu uchrashuvdagi yagona gol “Nasaf”ga g'alaba keltirgan edi.

Xo'sh, SHomurodov ayni paytda nima faoliyat bilan band. Biz shu haqda va boshqa savollar bilan, “Nasaf”ning sobiq hujumchisiga murojaat qildik.

- Hozirgi kunda o'zimizning tumanimiz Jarqurg'onda tadbirkorlik bilan shug'ullanayapman. Afsuski, futboldan o'zim hohlaganimdan ko'ra, erta xayrlashishimga to'g'ri keldi. Jarohatim jiddiy bo'lmaganda, futbolchilik faoliyatimni yana davom ettirgan bo'lardim. Nailoj, taqdir shunaqa ekan.


-”Nasaf” ning taqdiri hozir ham sizga qiziqmi?


-Albatta, “Nasaf” yuragimning bir bo'lagi bo'lib qolgan. Futbolchi sifatida nimaga erishgan bo'lsam, shu klubda erishdim. SHaxsan men “Nasaf”ning taqdiriga befarq bo'la olmayman. Men uchun “Nasaf” haqidagi har qanday xabar qiziq. Yaxshi yangilik bo'lsa, quvonaman. Yoki teskarisi. Sobiq jamoamning har bir o'yinini kuzatib borishga harakat qilaman.

-Ilk jamoangiz “Surxon”ning o'yinlarini ham kuzatasizmi?


- “Surxon”ning hamma o'yinlarini kuzata olmayman, ammo ayrim o'yinlarini tomosha qilish uchun stadionga tushib turaman.

- Jiyaningiz Eldor SHomurodov sizdan keyin SHomurodovlar nomini yana tez-tez tilga olinishiga sabab bo'layapti, endi uning dadasi – Azamat akangizning armonlari ushaldimi?


–Albatta, Eldor o'zining harakatlari bilan oilamiz shanini va yurtimiz shanini baland ko'tarayapti. Bu holat biz uchun juda yoqimli. U haqda iliq gaplar eshitsak, hammamizning qalbimiz g'ururga to'ladi. Azamat akamning yoshligida futbolchi sifatida juda katta orzulari bo'lgan. Afsuski jarohati tufayli futbolni erta tashlashga majbur bo'lgan. Hattoki, akamning jarohati tufayli meni futbolga borishimga onam qarshilik ham qilgan, “bitta oilaga, bitta futbolchi etadi,-deb”. Lekin dadam meni qo'llab-quvvatlaganlar. Mana endi Azamat akamning ko'ngli to'q, o'zining orzulari ham o'g'li Eldor orqali ushalmoqda.

-Bizga malumki, Eldor Muborakning “Mashal” klubi akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Uni shu akademiyaga ilk marta etaklab kelgan insonning kimligi, hamma uchun qiziqarli…


-Eldorni ilk marta “Mashal” akademiyasiga olib kelgan mutaxasis, ayni paytda “SHo'rtan” futbol klubida rahbarlik qilayotgan Viktor Georgievich Aleshnikov bo'ladi. Viktor Georgievich o'sha paytda selekcioner bo'lgan va Eldordagi iqtidorni oldindan payqay olgan.


– Eldorga oila azolaringizdan kim ko'proq nasihat qiladi?


-O'zingiz ham bilasiz bizning oilamizda hamma futbolning ishqibozi va futbolni yaxshi tushunishadi. Oila azolarimiz to'planganda, suhbatning aksariyat qismi faqat futbol haqida bo'ladi. Eldorni hammamiz bundanda katta yutuqlarga erishishini juda istaymiz. SHuning uchundir unga hamma o'zining maslahati va nasihatini ayamaydi. Eldor ko'pincha men bilan muloqot qiladi va tez-tez fikr almashib turamiz.

– Biz bilamiz, Otabek akangizning ham ug'li – Oybek SHomurodov, “Bunyodkor” akademiyasining tarbiyalanuvchisi hisoblanadi, u haqda ham malumot bersangiz.


-Ha, Otabek akamning o'g'li Oybek 2012 yidan buyon “Bunyodkor” futbol akademiyasida tahsil oladi. Oybek hozir 16 yoshda (2003 yil 20 noyabrda tug'ilgan). U hozir “Bunyodkor”ning o'rinbosarlari jamoasidan joy egallash uchun harakat qilayapti. Harakatlari yaxshi, umid qilamiz undan ham yaxshi futbolchi etishib chiqadi.

– Farzandlaringizning biri o'g'il bo'lganda, futbolchi bo'lishini hohlarmidingiz?


-Albatta hohlardim, ammo majbur qilmasdim. Bizning oilada shunday, hech kimni futbolchi bo'lishiga majburlashmaydi, balki o'zida qiziqish va intilish bo'lsa, qo'llashadi. Ammo men hozir uch nafar qiz farzandimni tarbiya qilayapman. Allohga shukur, baxtiyorman. Qizlarimdan birontasi hali futbolchi bo'lishini aytmadi (kuladi).

– Sobiq hujumchi sifatida fikringizni aytsangiz, yaxshi hujumchi bo'lish uchun nima kerak?


-Bilasizmi, men ham bu haqda umumiy qilib aytishim mumkin. Yaxshi hujumchi bo'lish uchun tinimsiz mehnat qilishi kerak, albatta talant ham bo'lishi kerak. Yaxshi hujumchida manaviyat ham yaxshi bo'lishi kerak. Eng muhimi, orzu qilishni va unga erishish uchun intilishni bilishi kerak.

Renat Ernazarov suhbatlashdi.

Reyting: +26   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика