So’nggi yangiliklar

15:30"Машъал" ўз уйида меҳмон бўлган "Шўртан"ни ютган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 15:09"Монако" бош мураббийи Погба қачон майдонга тушишга тайёр бўлишини айтди  0 14:40"Ювентус" ҳужум чизиғини нигериялик тўпурар билан кучайтирмоқчи  0 14:11"Бургос" билан музокаралардан қочган Очоа Кипр жамоасига ўтди  0 13:42Чемпионлар Лигасига янги тартиб киритилди  1 13:14"Реал" ёки Аргентина? Мастантуоно олдида қийин танлов  2 12:48Дембеле "Олтин тўп"нинг муқобилини қўлга киритди  3 12:16"Бавария" ноябрда 3 асосий ўйинчиси сафга қайтишидан умидвор  0 11:45"Сўғдиёна" 6 йилдан буён Жиззахда ОКМКни ютолмаяпти  3 11:21Про лига. 14-тур учрашувларига ҳакамлар тайинланди  1 10:52"Ливерпуль" Салоҳга ўринбосар сифатида кўраётган футболчисига 100 миллион евро тўлашга тайёр  5 10:44"Сурхон" Наманганда нечта ғалабага эришганини биласизми?   7 10:21Антони Марсьяль фаолиятини Мексикада давом эттиради  2 09:502026 йилги УEФА Суперкубоги қайси стадионда бўлиб ўтиши маълум  0 09:18"Рома"нинг собиқ устози Эронни бошқариши мумкин  23

Ilhom SHaripov: "UzDongJu"ning o'yini menga maqul keldi" Yangiliklar

Ilhom SHaripov: "UzDongJu"ning o'yini menga maqul keldi"

Teglar :  Ilhom SHaripov
O'zbekiston birinchiligining 33-turidan o'rin olgan “UzDongJu” - “Dinamo” (1:1) uchrashuvidan so'ng “Dinamo” jamoasi bosh murabbiyi Ilhom SHaripov fikrlari bilan qiziqdik:
“Biz bugun jiddiy qarshilikka duch keldik 1997-1998 yillarda tug'ilgan yoshlardan tashkil topgan bu jamoaning o'yini menga maqul keldi. Biz bugun g'alaba qozonmoqchi edik, lekin bunga raqib yo'l qo'ymadi. Bizda ko'plab vaziyatlar bo'ldi, raqiblarda ham bir nechta vaziyatlar bo'ldi. “UzDongJu” bizdan bir ochko tortib oldi, bu albatta tahsinga loyik.

Bu natija biz uchun yo'qotish bo'ldi, biz oxirgi oltita o'yindan uchtasini g'alaba bilan yakunlab oliy liga masalasini ertaroq hal qilmoqchi edik. Vodiy jamoalariga qarshi o'yinlarimiz doimo og'ir o'tadi. Yana bir gapni aytmoqchiman, suniy maydonda o'ynaganimiz ham bizning zararimizga xizmat qildi. Sababi bu mavsumda suniy maydonda deyarli o'ynamadik lekin buni bahona qilish noto'g'ri.

Bugun jangavor o'yin guvohi bo'ldik o'yin menga yoqdi. Ikkinchi bo'limda ko'plab vaziyatlarga yaratdik lekin amalga oshira olmadik. Bu futbolda uchrab turadigan holat. Men bu yoshartirilgan  “UzDongJu” jamoasining keyingi o'yinlarida ham omad tilayman  - deya so'zini yakunladi SHaripov.

"UzDongJu" matbuot xizmati
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика