So’nggi yangiliklar

02:15Африка Миллатлар Кубоги. Кот-д'Ивуар Буркина-Фасони йирик ҳисобда таслим этиб, чорак финалга йўл олди  3 00:58Гвардиола Аморимнинг истеъфосига муносабат билдирди  0 00:39Ямал "Атлетик"га қарши ўйиндан олдинги расмий машғулотни ўтказиб юборди  0 00:37U-23 Осиё кубоги. Четлатиш, голга айланмаган пенальти, охирги дақиқалардаги гол – Саудия Арабистони Қирғизистонни катта қийинчилик билан таслим этди  0 00:16Эрик тен Хаг ўзига янги иш топди  0 23:31Турдимуродов, Ибрагимов, Эсанов – миллий жамоага номзод футболчилар кўрикдан ўтказилмоқда  1 23:03"Бир соат ичида бир оғиз ҳам гапирмади" – Хабиб Нурмагомедов Абдуқодир Ҳусанов билан учрашув ҳақида  15 22:32Ўзбекистон U-18 терма жамоаси машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  0 22:14Расман: Неъматуллоҳ Рустамжонов "Андижон" клуби аъзосига айланди  1 21:32Расман: Асилбек Алиев "Андижон" футболчисига айланди!  8 21:25"Ювентус" Кьезани "Ливерпул"дан қайтариши мумкин  0 21:05"Навбаҳор" клуби янги мавсум учун тайёргарликни давом эттирмоқда  1 21:00"Реал" 70 млн евролик хавбекка кўз тикди  1 20:37Ҳумоюнмирзо Иминов: "Мен рақобатга тайёрман"  2 20:15Гвардиола "Манчестер Сити" ҳимоячиларининг жароҳатлари билан боғлиқ вазиятни изоҳлади  10

Ilyos Zeytullaev: "Andijon" uchun motivaciya muhim rol o'ynadi, "Bunyodkor" ajoyib mavsum o'tkazdi" Yangiliklar

Ilyos Zeytullaev: "Andijon" uchun motivaciya muhim rol o'ynadi, "Bunyodkor" ajoyib mavsum o'tkazdi"

Superliganing 30-turida "Bunyodkor" Toshkentda "Andijon"ni qabul qildi (1:2).

Uchrashuvdan so'ng "qaldirg'ochlar" bosh murabbiyi Ilyos Zeytullaev fikrlarini bildirdi.

"Ko'rdingizki, birinchi bo'limda jamoamiz yomon o'ynamadi. Xududiy ustunlikka ega bo'ldik. "Andijon" uchun ikkinchi bo'limda motivaciya katta rol o'ynadi. Ular Superligada qolish uchun o'ynayotgandi. Bizda o'tgan yili shunday vaziyat bo'lgan edi. Elitada jon saqlab qolish uchun bir nechta to'siqlardan o'tishga to'g'ri keladi. "Andijon"ni Superligada qolgani bilan tabriklayman. Men jamoamdagi yigitlarga ajoyib mavsum uchun rahmat aytmoqchiman. Ular qilgan ishlaridan ko'prog'iga loyiq edi. Murabbiy sifatida ularning mehnatidan kelib chiqib aytyapman. Biz yaxshi mavsum o'tkazdik. Futbol ichidagilar nima deganimni tushunishadi. Oxirgacha kurashgani uchun yigitlarga tashakkur",- deydi Ilyos Zeytullaev.

- Yaxshi mavsum o'tkazganingizni aytdingiz. Qaysi omillar sizni xursand qildi yoki aksincha?

- Mavsum tugadi, endi xotirjam barchasini o'ylab ko'rish mumkin. Qiyin vaziyatlar bo'ldi, albatta. Jamoa maydonda va tashqarisida ahillikni ko'rsata oldi. Oson bo'lmagan yo'lni bosib o'tdik. Kuchli uchlikdagi jamoalar Superliga grandlari hisoblanadi. "Dinamo"ni ham aytib o'tish joiz. Rahbariyat bilan jamoani kuchaytirish va boshqa masalalarni ko'rib chiqamiz. Pozitiv tomonlar ham bo'ldi mavsum davomida. Tarkibimizda ko'plab yoshlar to'p tepdi. Ular poydevorimiz, imkoniyat berishda davom etamiz. 

- Turnir jadvalidagi o'rindan kelib chiqsak, ishingizni qanday baholaysiz?

- Menga boshqa odamlar baho bergani yaxshi. O'zimni baholashni tasavvur qilolmayman. Murabbiy jamoasiz, futbolchilarsiz murabbiy hisoblanmaydi. Men birinchi o'ringa jamoani qo'yaman. Shu o'rinda matbuot xizmatimiz, oshpazlar, ishchilar, qiyin ish qiladigan lekin ko'rinmas xodimlarimiz bor. Ularga ham rahmat. Akademiyamizga rahmat. Biz barchamiz juda yaxshi mavsum o'tkazdik. 

- Jamoa sizning qo'l ostingizda yildan-yilga rivojlandi, o'sishga erishdi. Navbatdagi qadamni tashlash vaqti keldimi? Balki uchlik, chempionlik uchun kurashishni kutish mumkindir?

- Bu savolni rahbariyatga berish kerak. Ko'ryapsiz, qaysi jamoalar tarkibiga top futbolchilarni qo'shib olyapti. Angliyada mavsum tugasa kim chempion bo'lishi mumkin, "Manchester Siti", "Liverpul" yoki "Arsenal", Bundesligada "Bavariya", "Borussiya Dortmund", Italiyada "Inter", "Yuventus". Futbolni alday olmaysiz. Bizda poydevor bor. Deylik men ketsam ham ish davom etishi kerak. Oldinga intilishimiz zarur. 

- Jahon chempionatida O'zbekistonga guruhda kimlar raqib bo'lishini istaysiz?

- Biz istalgan jamoa bilan o'ynashimiz mumkin. O'zbek futbolini kuzata turib, O'zbekiston terma jamoasi har qanday raqib bilan o'ynay olishini, futbolchilarda ruhiyat paydo bo'lganini aytaman. Jahon chempionati qaysi jabhada o'sganimizni, qanday kamchiliklar borligini ko'rsatib beradi. 

Reyting: +3   

Fikrlar

   
01 dek 12:37:58
Valijon Masharipov
Бабаяннинг келгани билинди кучли командани ютяпти
   
30 noy 19:30:48
Azim Ismailov
Андижон колгани яхши булмади чунки кейинги уйинни андижон очлда 23 декабр куни утказади уртада 2 уйин утказиб тайергарлик куриб оларди
Бунедкор эса очикчасига уйинни берди
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика