So’nggi yangiliklar

21:09Давиде Анчелотти "Реал"даги энг ёмон ҳолат ҳақида гапирди  0 20:45Клублар ўртасидаги ЖЧда яна бир Беллингем порламоқда. У "Боруссия" учун инглиз топ клублари таклифларини рад этган  1 20:19Расман: Кепа "Арсенал"га ўтди  0 19:49"Арсенал" қанотни кучайтирмоқчи, лекин Мартинелли қолади  0 19:22"Футбол олами". Қаршида "триллер" рўй берди, "Навбаҳор"дан 6:0, "Бунёдкор"да суперкамбэк  1 19:06"Монако" "Барселона" ҳужумчисини ижарага олди  1 18:38"Арсенал" "Челси" вингери учун таклиф юборди  1 18:10Хаби Алонсо Родригонинг "Реал"даги роли ҳақида гапирди  2 17:43"Атлетико" "Барселона" ярим ҳимоячисига қизиқиш билдирмоқда  2 17:21"Сурхон" Олмалиқда ОКМКни ожиз қолдирган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 17:05"Насаф" футболчиси легионерга айланмоқда  11 16:46Жамолиддин Раҳматуллаев – Ўзбекистон U-18 терма жамоаси бош мураббийи!  11 16:27Ана холос! Нико Уильямс "Барселона"га ўтмаса, "Реал"га йўл олишини айтди  9 15:59"Челси" собиқ футболчиси фаолиятини 28 ёшида якунлади. Уни Бельгия терма жамоасининг келажаги деб аташганди  2 15:30Игорь Шквирин 1990 йилларда "Спартак" Москвага ўтиши мумкинмиди?  11

Ilhom SHaripov: "Peshqadam ekanligimiz hali hech narsani anglatmaydi" Yangiliklar

Ilhom SHaripov: "Peshqadam ekanligimiz hali hech narsani anglatmaydi"

Dinamo - Xotira-79 (2:0) uchrashuvidan keyin mezbonlar ustozi Ilhom SHaripov o'yin borasidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
- O'yin borasida fikrlaringiz?

- Havo harorati ancha issiq bo'lganligi uchun ikki tomon ham juda ko'p ter to'kdi. Bugungi raqibimiz gollar urish bobida bizdan kuchsiz emas, tarkibida ham Oliy Ligada to'p surgan yigitlar borligi bois hurmatga sazovor raqib edi. Oson kechmagan bahsda g'alaba qozonganimizdan xursandman.

- Yaqinda safga qaytgan Azamat Bobojonov bugungi uchrashuvda hatto zaxira o'rindig'idan ham o'rin olmadi. Bunga sabab nima?


- Azamat yaqinda Universiada musobaqasidan qaytib kelgandi. Ammo oilaviy sharoitlariga ko'ra, Nukusga qaytib ketdi. Keyingi o'yinlarimizdan u safga qaytadi.

- Dinamo ketma-ket 10-g'alabaga erishib, peshqadamlikni mustahkamladi. Barchasi o'zingiz istagandek reja asosida ketmoqdami?


- Raqobatchilarimiz bilan oradagi farqimiz katta emas, shu bois peshqadam ekanligimiz hali hech narsani anglatmaydi. To'g'ri, ko'zlaganimizdek ayni damda birinchi o'rindamiz va maqsadimiz – Oliy Ligaga chiqish uchun kurashayapmiz. Ammo, o'yinimiz borasida yanada ishlashimiz, ko'proq gol urib, kamroq gol o'tkazishimiz va uyimizda barcha raqiblarni mag'lub etib, safardan ham imkonqadar g'alabalar bilan qaytishimiz kerak. Turdan-turga raqobatchilarimiz bilan oradagi farqni yanada kattaroq qilishimiz kerak. O'shanda barchasi rejadagidek ketmoqda, deyish mumkin bo'ladi. Hozir peshqadam bo'lsakda, qiyin uchrashuvlarimiz hali oldinda.

Dinamo Matbuot xizmati.
Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика