So’nggi yangiliklar

02:47Португалия — УЕФА Миллатлар лигаси соҳиби! Португаллар финалда испанларни пенальтилар серияси орқали мағлуб этишди  122 00:51Забарний "Борнмут"га ПСЖга ўтмоқчи эканини айтди, ҳимоячи учун 70 млн евро талаб қилишмоқда  1 00:25"Манчестер Сити"нинг 70 млн евролик бўлажак трансфери тиббий кўрикдан ўтди  2 23:50Жоб Беллингемнинг янги клуби маълум  0 23:22"Байер" Вирцни 140 млн евро эвазига "Ливерпуль"га сотадими?  2 22:35Қатар терма жамоаси Тошкентга етиб келди  6 22:15Ўртоқлик ўйини. Ўзбекистон ва Россиянинг 21 ёшгача бўлган жамоалари ўртасидаги ўйинда 9 та гол урилди  43 22:10Ўзбекистон кубоги. "Динамо" 1/8 финалнинг илк ўйинида "Лочин"ни тор-мор этди  12 21:43Ўзбекистон терма жамоасининг бугунги машғулотидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 21:34Аарон Ремзи фаолиятини Мексикада давом эттиради  1 21:10Абдулла Абдуллаев: "Энди янада юқори мақсадлар қўйиб, мундиалда яхши натижалар қайд этишга ҳаракат қиламиз"  11 20:44Ўзбекистон U-16 назорат ўйинида Россия U-16га йирик ҳисобда мағлуб бўлди  16 20:24Одил Ҳамробеков: "Нималар қилиб қўйганимизни тўлиқ ҳис қила олмаяпман"  13 20:00УЕФА Миллатлар лигаси. Франция учинчи ўрин учун баҳсда Германияни мағлубиятга учратди  29 19:54Про лига. "ФарДУ" ва "Арал" ўртасидаги ўйин тақдирини ягона гол ҳал қилди  5

Ilhom SHaripov: "Dinamo"ning tayyorgarligidan ko'nglim to'q" Yangiliklar

Ilhom SHaripov: "Dinamo"ning tayyorgarligidan ko'nglim to'q"

Ikkinchi davradaga tayyorgarlik ko'rayotgan Dinamo jamoasi Oliy Liganing ikki klubiga qarshi nazorat bahsida maydonga tushgan bo'lsa, oldinda jamoani Toshkentdagi yig'in va nazorat bahslari kutib turibdi.
Jamoa rejalari va tayyorgarligini bilish maqsadida klub bosh menejeri Ilhom SHaripovga murojaat etdik.

- Ilhom aka, avvalo jamoaning ikkinchi davraga tayyorgarligi borasida to'xtalsangiz…


- Tayyorgarlik ishlarimiz tuzilgan reja asosida davom etmoqda. 14 iyul kuni Samarqandda yig'ilib, Urgut tumani tog' yon bag'rida tayyorgarlikni boshladik. Tog'dagi mashg'ulotlarda futbolchilarning jismoniy holatlarini yaxshilashga intildik. Jamoa tarkibini Azamat Bobojonov tark etgan.

- Nasaf bilan kechgan o'yin haqida qanday fikrdasiz?

- O'ylaymanki, bu o'yin Dinamo uchun ham, Nasaf uchun ham juda foydali bo'ldi. Biz ushbu o'yinga tog'dagi yig'indan to'g'ri etib kelganimiz bois, yigitlarda charchoq alomatlari biroz sezilgan bo'lsada, jamoa ko'rsatgan o'yindan qoniqdim. Asosiysi, natija emas, barcha futbolchilarni maydonga tushirib o'yin amaliyoti berish edi, bu ishimiz amalga oshdi. Nasafga 1:2 hisobida mag'lub bo'lgan bo'lsakda, qo'l ostimizdagi barcha futbolchilar harakatidan qoniqdim, desam ham bo'ladi.

- SHo'rtan ustidan qozonilgan g'alaba jamoa ruhiyatiga ijobiy tasir etsa kerak?


- Nasaf bilan o'yindan keyin futbolchilarga juma kuni bir kunlik dam berib, dushanba kuni SHo'rtanga qarshi o'yin o'tkazdik. 2:0 hisobidagi g'alaba yosh futbolchilar ruhiyatiga ijobiy tasir etadi, ammo bu safar ham biz uchun asosiysi natija emas, o'yin amaliyoti va jamoaning o'yini edi. SHu kuni barcha futbolchilar harakatidan qoniqqan bo'lsamda, jamoa mavsumga hali to'liq tayyor emas. SHu bois hozirda kuniga ikki mahaldan mashg'ulotlar olib borayapmiz. 28 iyul kuni Samarqand viloyat chempionati bo'lmish ikkinchi ligada to'p surayotgan 1998-99 yillarda tug'ilgan futbolchilardan iborat termaga qarshi o'rtoqlik o'yinida to'p surdik. 30 iyul kuni esa Samarqand viloyat terma jamoasiga qarshi nazorat bahsida maydonga tushamiz. Bu o'yinlar foydali bo'ladi - jamoamiz tayyorgarligini ko'ramiz, shuningdek viloyatimiz yoshlarini yana bir bor ko'rikdan o'tkazish imkoniyati bo'ladi. Hozircha jamoa tayyorgarligidan ko'nglim to'q.

- Dinamo tarkibida Ubaydullo Nabiev va Iskandar Xolmirzaev singari mahalliy futbolchilar kelib qo'shilishdi. Nasaf va SHo'rtan bilan o'yinda ularni ko'zdan kechirdingiz. Ular jamoada qolishadimi?


- O'ng qanot himoyachisi Ubaydullo Nabiev va markaziya yarim himoyachi Iskandar Xolmirzaevlar yaxshi taassurot qoldirishdi. Ayni damda Ubaydulla Nabievni jamoada olib qolishga qaror qildik. Iskandar Xolmirzaevni o'yinlarini yana kuzatamiz. Hozirda tarkibimizda 25 futbolchi bor, Nabievni jamoani tark etgan Azamat Bobojonov o'rniga qo'shib oldik.

- So'nggi yig'in Toshkentda o'tadimi?


- Ikki kunlik tanaffusdan so'ng 2 avgust kuni Toshkentda yig'ilamiz. U erda Paxtakor-2 va NBU-Osiyo jamoalari bilan o'rtoqlik o'yinlarida maydonga tushish rejamizda bor. Bir haftalik ushbu yig'indan keyin 9 avgust kuni Samarqandda to'planamiz va ertasiga ikkinchi davraning dastlabki turlarida Nurafshon va G'ijduvon jamoalariga qarshi maydonga tushish uchun Buxoroga yo'l olamiz.

- Toshkentdagi yig'inda jamoa tarkibi kuchaytiriladimi?


- Tarkibni yana kuchaytirish rejamiz bor, Toshkentdagi yig'in davomida safimizga bitta tajribali futbolchini qo'shib olishimiz mumkin. Umuman olganda esa, ayni damda jamoamiz asosini tashkil etuvchi samarqandlik yosh futbolchilar bilan ham oldimizdagi vazifani bajara olishimizga ishonaman. Yoshlarimiz Dinamo safida to'p surib, Oliy Ligaga chiqishga qurblari etadi. Barqaror o'yin namoyish etayotgan jamoamizda katta o'zgarishlar qilishga hojat yo'q deb o'ylayman. Ular birinchi davrada ishonchimizni oqlashdi va ikkinchi davrada ham yoshlarimizdan umidimiz katta. Qolaversa, poytaxtdagi yig'inda jamoamizga hozirda O'zbekiston yoshlar terma jamoasi bilan Singapurda bo'lib turgan Doston Ibragimov va Saidjamol Davlatjonovlar ham qo'shiladi.

- Ikkinchi davra oldidan jamoaning qaysi chizig'ini kuchaytirishni istardingiz?


- Darvoza chizig'i va himoyamizdan ko'nglim to'q, har holda birinchi davrada eng kam gol o'tkazdik. Yarimhimoyamiz va hujum chizig'imiz ham barqaror o'yin namoyish etdi. Umuman olganda, birinchi davrada eng ko'p gol urgan jamoa bo'lsakda, har bir murabbiy singari hujum chizig'imizni yanada kuchaytirgan bo'lardim. CHunki har qanday murabbiy qo'l ostida goleador futbolchi bo'lishini orzu qiladi. Davralar oralig'ida hech bir jamoa o'zining to'purarini boshqa jamoaga bermasada, Toshkentdagi yig'inda bu borada ishlaymiz. Agar safimizga yangi futbolchi qo'shib ololmasak, vahimali joyi yo'q, qo'l ostimizdagi futbolchilar bilan maqsadimiz Oliy Ligaga qaytish uchun kurashamiz.

Usmon IBODOV yozib oldi.
Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика