So’nggi yangiliklar

01:30"Манчестер Юнайтед" тарихидаги энг яхши тўпурарлардан бири вафот этди  0 00:52"Манчестер Юнайтед" ва ПСЖнинг собиқ футболчиси "Бока Хуниорс"га ўтди  0 00:26Абдуқодир Ҳусанов тиббий кўрикдан ўтди  9 00:15Саудия Арабистони. "Ал Насср" яна очко йўқотди  0 23:59Аёллар ОК-2025 саралаши. Ўзбекистон Австралияга мағлуб бўлган учрашувдан ГАЛЕРЕЯ  0 23:54А Серия. "Рома" - "Женоа". Асосий таркиблар маълум!  5 23:43Бундеслига. "Айнтрахт" - "Боруссия" Д. Асосий таркиблар маълум!  0 23:00Янгиланаётган "Пахтакор" ёхуд Педру Морейра йиғаётган португал забон "банда"  5 22:47"Милан"га "Челси" футболчиси керак  0 22:11Ўзбекистон U20 Сурия билан дуранг ўйнади  1 21:56Неймар "Барселона"дан кетиши сабабини айтди  5 21:36Қозоғистонлик футболчи "Челси"га ўтади!  25 20:47"Андижон" Бубанья ва Маматказин билан хайрлашди  17 20:15Гарначо Лондон жамоасига ўтиши мумкин  5 19:50ОК-2025 саралаши. Футзалчиларимиз Австралияга 1:3 ҳисобида мағлуб бўлишди  13

Ilhom Mo'minjonov: “Lushanning ketishini kutmagandim” Yangiliklar

Ilhom Mo'minjonov: “Lushanning ketishini kutmagandim”

O'zbekiston U-19 yoshlar terma jamoasida katta murabbiy sifatida ishlayotgan Ilhom Mo'minjonov Sergey Lushanning termadan ketib “Bunyodkor” bosh murabbiyi bo'lganiga o'z munosabatini bildirdi.
Xabaringiz bor, safarda kechgan “So'g'diyona”ga qarshi bahsdan so'ng “Bunyodkor” futbol klubi rahbariyati yangi bosh murabbiy etib Sergey Lushanni tayinladi. Bungacha Sergey Ivanovich O'zbekiston yoshlar terma jamoasida ishlab kelayotgandi. Lushan “Bunyodkor”ga to'liq o'tib ketganidan so'ng yoshlarni vaqtincha Ilhom Mo'minjonov boshqarib turadigan bo'ldi.

Ayni paytda Mo'minjonov boshqarayotgan jamoa Armanistonda bo'lib turibdi va 12, 14 iyunda Armaniston yoshlar termasiga qarshi ikkita o'rtoqlik o'yini o'tkazadi.

“Sergey Lushan yoshlar terma jamoasini kutilmaganda tark etdi, - deydi futbolchilik faoliyatini yakunlab endilikda murabbiylik qilayotgan Mo'minjonov. - To'g'risini aytsam, buni eshitib o'zim ham hayron qoldim. Biz Sergey Ivanovich bilan yaxshi ishlab kelayotgandik. Bundan buyon yoshlar terma jamoasini Dmitriy Kim ikkalamiz boshqarib turamiz. Keyinchalik nima bo'lishini esa bilmayman. Menimcha, hammasi Armanistonga borib kelganimizdan so'ng hal bo'lsa kerak”.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика