So’nggi yangiliklar

18:13"Андижон" — "Қўқон-1912". Таркиблар маълум  2 17:37Дарвозаларга 4 та гол урилган, футбол шоуга айланган, "Динамо" ғалабани бой берган учрашувдан галерея  0 17:10Икки клуби "Ман Сити" хавбекига кўз тиккан  0 16:44Азизбек Тўлқинбеков: "Нефтчи" кучли эди, лекин бизда ирода ва иштиёқ устунлик қилди"  0 16:21"Арсенал" Жакени ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 15:55Амир Тўрақулов: "Жамоа бўлиб ҳаракат қилдик ва шу туфайли ғалабага эриша олдик"  0 15:12"Бунёдкор" "Нефтчи"ни Фарғонада мағлуб этган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  2 14:32"Реал" испаниялик ярим ҳимоячисини 10 миллионга сотишга қарор қилди  0 14:01Сульшер "Бешиктош"дан кетган тақдирда, унинг ўрнига ким келиши мумкинлиги маълум  1 13:36Муҳим голлар панорамаси: Сардор Абдунабиев яна "Нефтчи"ни жазолади  2 13:03"Лос-Анжелес" Сонга йилига 20 млн доллар таклиф қилди. МЛСда фақат Месси кўпроқ маош олади - 20,45 млн  1 12:35Бруну Фернандеш "Манчестер Юнайтед"да қолади  0 12:08ПСЖ 68 млн евролик трансферни амалга оширмоқда  4 11:32"Реал" ва "Барселона" "Челси" форвардига даъвогарлик қилмоқда  4 10:54Хоразмлик мухлисларга хушхабар. "Хоразм" уйига қайтмоқда  9

Ilhom Mo'minjonov: "Xorvatiyalik murabbiylar keldi, lekin ularning jamoamizda qolishlari aniq emas" Yangiliklar

Ilhom Mo'minjonov: "Xorvatiyalik murabbiylar keldi, lekin ularning jamoamizda qolishlari aniq emas"

Superliganing 10-turidan o'rin olgan "Neftchi" – "Metallurg" (3:0) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Ilhom Mo'minjonov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- O'yin haqida

- Bugungi g'alabani g'alabani orziqib kutib qolgan muxlislarimizga bag'ishlaymiz. Murabbiylar shtabi va futbolchilar nomidan ularga rahmat aytaman. Jamoamiz futbolchilari bor mahoratlarini ishga solib mehnat qilganliklari, murabbiylar shtabining ko'rsatmalarini to'g'ri bajarganliklari uchun minnatdorchilik bildiraman. 

- "Metallurg"ni o'rganib chiqqanliklaring ko'rinib turibdi. Qarshi hujum uslubiga alohida tayyorgarlik ko'rilganmidi?

- Etibor bergan bo'lsangiz, oxirgi 3 ta o'yinda gol o'tkazib yubormadik. SHu 3 ta o'yinda ham asosan qarshi hujum taktikasida o'ynadik. Mashg'ulotlarda bu borada ishlaganmiz. Tarkibimizda bor futbolchilardan kelib chiqqan holda o'yinda ikkinchi jamoa bo'lib harakat qilyapmiz. Izzatilla Abdullaev, SHerzod Karimov safimizga qaytdi. Yana bir bor g'alaba bilan jamoamiz azolarini va muxlislarni tabriklayman.

- "Navbahor" bilan o'yindan so'ng murabbiylar shtabida o'zgarishlar ro'y berganini aytgandingiz. SHu haqda to'liqroq malumot bera olasizmi?

- Yordamchi murabbiylarda almashinuv yuzaga kelishi haqida aytgandim. SHu kunlarda bu jarayon amalga oshsa kerak. Ular hozir etib kelishgan, lekin hozirda muzokaralar davom etmoqda. Bizda boshqa variantlar ham bor. Biroq murabbiylar shtabida albatta o'zgarishlar bo'ladi.

- Sunnatilla Abdullajonovning o'ng qanotda o'ynagani o'zini oqlagandek ko'rindi. Bu borada fikringiz qanday?

- Muhsin Ubaydullaev bitta o'yinni o'tkazib yubordi. Qarshi hujum taktikasida biz Sunnatilla Abdullajonovni o'ng qanotga o'tkazdik. Bu jarayon o'zini oqladi. Himoya chizig'imiz oxirgi 3 ta o'yinda gol o'tkazib yubormadi, bundan xursandmiz. Jarohatlar tufayli zaxiramiz tor, futbolchilar sekin-sekin tiklanishmoqda.

- Hakamlik borasidagi fikringiz qanaqa?

- Ular o'z ishlarini juda yaxshi uddalashdi. Yutqazgan o'yinlarimizda ham hakamlik haqida gapirmaganman. Har bir murabbiyning o'z qarashlari bo'ladi.

- Selekciya jarayonlari boshlanganmi?

- Ha, boshlangan desa ham bo'ladi. To'g'ri, hujumda muammolarimiz bor. 9-turga qadar 4 ta gol urgandik. Bugun bir o'yinning o'zida 3 ta to'p kiritdik. Hoshimov, Ubaydullaev o'yindan o'yinga kuchayib borishadi. SHarich hozirda talab darajasida emas. U ham mashg'ulotlarda ishlamoqda, vaqti kelib unga ham imkon beramiz.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика