Ilhom Mo'minjonov: "So'g'diyona" to'la haqli g'alabaga erishdi"
11 apr 2018 22:07
Yangiliklar
Ilhom Mo'minjonov: "So'g'diyona" to'la haqli g'alabaga erishdi"
"So'g'diyona" - "Navbahor" (3:2) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Ilhom Mo'minjonov o'z fikrlarini bildirdi.
"2:0 hisobida oldinda edik, uchrashuv tugashiga 15 daqiqa qolganida "So'g'diyona" irodali g'alabaga erishdi. Ular bunga to'la haqli edilar. CHunki bizning futbolchilar bahs so'nggida butkul konsentraciyani yo'qotishdi va ketma-ket gollar o'tkazib yubordik.
Birinchi taymda chiroyli o'ynadik deb o'ylamayman. SHunchaki ikkita vaziyatdan ikkita gol urdik. Birinchi taymdayoq 3ta gol o'tkazib yuborishimiz kerak edi. "So'g'diyona" bizdan ancha ustunlik qildi. SHijoat ko'rsatishdi. Yigitlar g'alaba uchun tushishgani ko'rinib turibdi. Biz esa qo'limizdan kelganicha o'ynadik", - deydi Ilhom Mo'minjonov.
Fikrlar