Ilhom Mo'minjonov saytimiz muxbiri bilan suhbatda "Neftchi"ning joriy mavsumdagi faoliyatiga oid qiziq faktni aytdi
14 iyu 2021 12:01
Yangiliklar
Ilhom Mo'minjonov saytimiz muxbiri bilan suhbatda "Neftchi"ning joriy mavsumdagi faoliyatiga oid qiziq faktni aytdi
"Neftchi" o'z maydonida "Yangier"ni mag'lub etgan o'yindan so'ng farg'onaliklar bosh murabbiyi Ilhom Mo'minjonov saytimiz muxbiri bilan o'zaro suhbatda bo'ldi.
Suhbat dialogi jamoaning joriy mavsumdagi faoliyati, kiritilgan gollar, g'alabalar va boy berilgan o'yinlar xususida kechdi. Bosh murabbiy "Neftchi"ning joriy mavsumda raqiblar darvozasiga kiritgan gollari xususida aytib o'tar ekan, shu vaziyatga oid qiziq faktni keltirib o'tdi. Xususan ortda qolgan 11 ta turda raqib darvozasiga eng ko'p gol urgan jamoa "Neftchi" bo'lsa ham o'yinlar davomida biron marotaba penalti tepmagan ekan. Jami 22 ta golning barchasi o'yindan kiritilgan.
Rasmiy o'yinlarda har doim galstuk bilan ko'rinish beruvchi tartibli murabbiy Ilhom Mo'minjonov bilan tez kunda turli mavzularda batafsil intervyu tashkil etish rejamizda bor.
Bizni kuzatishda davom eting!
Fikrlar