So’nggi yangiliklar

07:35“Андижон“ легионер дарвозабон билан шартнома тузди  0 07:05Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Челси" - ПСЖ 3:0  2 02:13"Челси" - жаҳон чемпиони!  158 01:45U-20 Жаҳон чемпионатини биргаликда қабул қиламиз. Бу қандай бўлади?  0 00:35"Бавария" "Челси" футболчисига қизиқмоқда  1 23:40"Арсенал" ва "Спортинг" Гёкереш бўйича келишувга эришишга яқин  5 22:21"Ливерпуль" ўртоқлик ўйинида "Престон Норт Энд"ни мағлуб этди  1 21:56Терма жамоадаги муҳит, аёллар футболининг ривожи, Англиядан олинган таклиф ва 23 йиллик танаффусдан сўнг қўлга киритилган Осиё кубоги йўлланмаси ҳақида — Оминахон Валиханова  1 21:30МЮ 65 млн фунтлик трансферни амалга ошириши мумкин  0 20:40"Барселона" даъвогарлик қилаётган Рэшфорд Саудия Арабистонидан ажойиб таклифни рад этди  5 19:57"Бавария" "Арсенал" вингерига қизиқиш билдирмоқда  0 19:12"Реал" Родригонинг нархини маълум қилди  15 18:20Роберто Фирмино фаолиятини Осиёнинг бошқа мамлакатида давом эттиради  3 17:43Эндрик "Реал"дан ижарага кетмоқчи эмас  4 16:5840 ёшли Касорла "Овьедо" билан шартномасини 2025/26 йилги мавсумгача узайтирди. Клуб Ла Лигага қайтди  0

Ilhom Mo'minjonov: "Paxtakor" va "Bunyodkor"dan ikki nafar yosh futbolchini kuzatayapmiz" Yangiliklar

Ilhom Mo'minjonov: "Paxtakor" va "Bunyodkor"dan ikki nafar yosh futbolchini kuzatayapmiz"

Pro-liganing 3-turidan o'rin olgan "Neftchi" - "Istiqlol" (2:0) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Ilhom Mo'minjonov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O'yin haqida

Bugungi o'yinga shogirdlarimiz bilan astoydil tayyorgarlik ko'rdik. "Istiqlol" safida bir qator iqtidorli futbolchilar o'ynaydi. SHu sabab raqibni jiddiy o'rganib chiqdik. Birinchi bo'limning 25-daqiqasiga qadar yuqori pressing evaziga ikkita gol kiritdik. Jamoamiz o'yini birinchi bo'lim oxirlariga kelib bir oz sustlashdi. SHundan kelib chiqib raqibimiz to'pni ko'proq nazorat qila boshladi. 

Ikkinchi bo'limda yana o'z o'yinimizni namoyish etishni boshladik. Xavfli vaziyatlar, raqib darvozasiga to'p kiritish uchun imkoniyatlarimiz yuzaga keldi. Garchi ikkinchi bo'limda gol kiritmagan bo'lsak ham birinchi bo'limda raqib darvozasiga kiritilgan ikkita to'p bizga yakunda g'alaba keltirdi. Mazkur g'alaba bilan "Neftchi" klubi rahbariyati, futbolchilar hamda jamoamiz muxlislarini tabriklayman.

- Abdul Aziz Yusupov va Otabek Zokirovlarning maydonga tushmayotganliklari sababi nima?

- Klubda jami 25 nafar futbolchi ro'yxatdan o'tgan. O'ylashimcha, barcha futbolchilar bir xil saviyaga ega. Hozir biz jismonan va ruhan tayyor futbolchilarni maydonga tushirayapmiz. Hali chempionat uchrashuvlari oldinda, Zokirov va Yusupovlar ham albatta bizga yordam berishadi. Bugun SHerzod Karimov bir oz betob edi, u ham navbatdagi uchrashuvlarda bizga yordam berishiga ishonamiz.

- So'ngi ikki tur mobaynida jamoangiz tezkor gol kiritishning uddasidan chiqdi. Siz tomondan berilgan ko'rsatma shunday edimi?

- Birinchi turda "Olimpik" jamoasiga qarshi o'yinda ham o'zlaring guvoh bo'ldinglar, birinchi bo'limda vaziyatlardan foydalana olmadik. O'sha o'yinda 30-minutdayoq 3:0 hisobga erishsak bo'lardi. Biz mashg'ulotlarda yuqori pressinglar ustida ishlayapmiz. To'p raqibga o'tganida pressing evaziga qaytarib olishni maqsad qilganmiz. Bu mashg'ulotlarda tayyorlangan uslub. Bugungi o'yinda ham 70-80 daqiqalarda yana gol kiritsak bo'lardi. Futbolchilarimiz jismonan kuchli, charchab qolishmayapti. Afsus bugun legioner hujumchimiz Marko Obradovich gol kirita olmadi. Bugungi o'yinda 6:0 yoki 7:0 yutsak ham bo'lardi. 

- Hozirgi tarkib bilan Superligaga chiqishga ishonasizmi? Yoki davralar oralig'ida tarkibni yanada kuchaytirish maqsadi bormi?

- Biz ushbu futbolchilar bilan Superligaga chiqishni maqsad qilganmiz. Hali vaqt ko'rsatadi. Hozircha ushbu futbolchilarning o'yinlaridan qoniqayapmiz. Yordamchi murabbiylarimiz "Paxtakor" va "Bunyodkor"dan ikki nafar yosh futbolchilarni kuzatishmoqda, balki ularni tarkibga jalb etarmiz.




Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика