So’nggi yangiliklar

01:00Сречко Катанец 62 ёшда! У ҳақида 20 та қизиқарли факт  0 00:53"Истанбул Башакшеҳир" назорат учрашувида "Рейхенау" клубини мағлубиятга учратди. Шомуродов норасмий дебют қилди  1 00:19МЮ ёзда биронта ҳам ўйинчи сотмай, трансферлардан 24 млн евро ишлаб олди  1 23:45Беллингем елкасини операция қилдирди."Реал" ярим ҳимоячиси қанча муддатга сафдан чиққани маълум  2 23:23Расман: "Атлетико" 30 млн евролик трансферни амалга оширди  0 22:59Де Паул ҳам Мессининг ёнига боради. "Атлетико" ва "Интер Майами" келишиб олишди  1 22:35"Ливерпуль" Экитике бўйича "Айнтрахт" билан музокарага киришди  1 22:11Йоахим Левга яқин манба Ўзбекистон билан музокаралар бўлаётганини тасдиқлади, мураббийга маслаҳатчи лавозими таклиф қилинган – Sport24  74 21:50Расман: Ламин Ямал янги мавсум "Барселона" сафида 10-рақамда ҳаракат қилади  3 21:29Ислом Исмоилов: "Москвада маҳаллий клублар билан назорат учрашувлари ўтказамиз"  6 21:01Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Мираброр Усмонов хотира турнирига тайёргарликни давом эттирмоқда  2 20:25Ламин Ямал янги мавсум 10-рақамда ўйнашига ишора қилди(ми?)  1 19:48Иброҳим Йўлдошев - ОКМК футболчиси  2 19:14Суперлига. Биринчи давранинг эътиборга молик 5 воқеаси   6 19:12ЖЧ2026да 4 та танаффус бўлиши мумкин  7

Ilhom Mo'minjonov: "Oldimizga Pro-ligada chempion bo'lish va kubokda imkon qadar uzoqroqqa borish vazifasi turibdi" Yangiliklar

Ilhom Mo'minjonov: "Oldimizga Pro-ligada chempion bo'lish va kubokda imkon qadar uzoqroqqa borish vazifasi turibdi"

O'zbekiston Coca-Cola kubogi 3-turidan o'rin olgan "Neftchi" - "Qizilqum" (0:0) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Ilhom Mo'minjonov o'z fikrlarini bildirib o'tdi.



O'yin haqida

- Kubok o'yinlariga jiddiy tayyorgarlik ko'rgan edik. "Qizilqum" jamoasi bugungi o'yin oldidan 6 ochkoga ega edi va ular keyingi bosqich masalasini hal etib bo'lishgandi. Bizda ham imkoniyat saqlanib turgandi. Biz bugun g'alaba qozonib keyingi bosqichga chiqmoqchi edik. Lekin o'yin durang bo'ldi. SHunday bo'lsa ham 3-o'rin bilan navbaidagi bosqichga chiqdik. Xavfli vaziyatlarimiz bo'ldi, yarim himoya va hujum chizig'imizda o'ynagan futbolchilarimiz unumli foydalanishmadi. Bugun qo'lga kiritilgan bir ochko va navbatdagi bosqichga chiqqanimiz bilan futbolchilarimiz va muxlislarimizni tabriklayman. Endi qurani kutamiz, agar Superliga jamoalari bilan tushsak yaxshi o'ynab keyingi bosqichlarga chiqishimizga umid qilamiz. Futbolchilar Superliga jamoalari bilan o'ynab o'zlarini sinab ko'rishga intilishmoqda.

- Kubok uchrashuvlarida 3 ta o'yinda jami 4 ochko qo'lga kiritildi. Bu jamoa uchun normal xolatmi?


- Endi kubok uchrashuvlarining birinchi va ikkinchi turida biz asosan o'yin amaliyoti kam bo'lgan futbolchilarga imkoniyat berdik. Rahbariyat bizga keyingi bosqich vazifasini qo'ygan edi. Bugun guvohi bo'lganlaringdek, 3-turda baribir asosiy tarkibni tushirdik. CHunki bu o'yin orqali Pro-liganing navbatdagi turiga tayyorgarlik ko'rishimiz zarur edi. Biz navbatdagi bosqich yo'llanmasini qo'lga kiritdik, bu yutuq bilan barchani tabriklayman.

- Bugungi o'yindan kelib chiqib aytsak, jamoangiz Superliga klublari bilan o'ynashga qay darajada tayyorligini ko'rib oldingiz?


- Aytib o'tdim, kubok uchrashuvlari orqali Superliga jamoalari bilan o'ynab o'zimizni sinab ko'rmoqchimiz. Pro-ligadan 3-4 klub navbatdagi bosqichga chiqdi. Rahbariyat bizga ham keyingi bosqich vazifasini qo'ygan, shunday ekan chiqishimiz shart edi. Oldimizga Pro-ligada chempion bo'lish va kubok uchrashuvlarida imkon qadar uzoqroqqa borish vazifasi turibdi.

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика