Ilhom Mo'minjonov: “O'FFda ham mutaxassis insonlar ishlamoqda”
03 noy 2017 21:30
Yangiliklar
Ilhom Mo'minjonov: “O'FFda ham mutaxassis insonlar ishlamoqda”
“Bunyodkor” – “Navbahor” uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining birinchi qismida “lochinlar” ustozi ishtirok etdi.
- Jangavor o'yin bo'ldi. “Bunyodkor” mamlakatimizdagi etakchi klublardan biri hisoblanadi. Biz har bir bahsga jiddiy yondashamiz. Bugun ham xuddi oxirgi bahsga chiqayotgandek maydonga tushdik. Bir ochko bizni qoniqtirdi. Bu bilan jamoamiz azolarini tabriklayman. Mehnat qilaversak, yaxshi ishlarni amalga oshirsak, tarkibni kuchaytirib kelasi yilga yana ham yuqori o'rinlar uchun kurashsak bo'ladi. Biroz hozirgi holatda bizni oldinda turgan uchta o'yin o'ylantirmoqda. Oliy ligada 12ta jamoani qoldirish qarori bo'yicha shuni aytishim mumkinki, O'FFda ham mutaxassis insonlar ishlamoqda. Ular ham yaxshi maqsadlarni o'ylab, qaror qabul qilishgani aniq, - deydi Ilhom Mo'minjonov.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar