So’nggi yangiliklar

15:46"Хоразм" 6 нафар футболчи кетганини эълон қилди  0 15:20"Андижон" "Сурхон" ярим ҳимоячисини қўлга киритди  0 14:52Рафинья фаолиятини якунлаганини маълум қилди  0 14:28"Интер" BYD билан ҳамкорлик қилади  2 14:00Эндрик 18 ёшида уйланди, Холанд Римда дам олмоқда. Футбол юлдузлари ўтган ҳафтани қандай ўтказди?  0 13:53Аббос Файзуллаев тиббий кўрикдан муваффақиятли ўтди  8 13:36Эшитдик-да! "Сўғдиёна" Люпчо Дориевга йирик миқдорда товон пули белгилаган  8 13:10Эшитдик-да! Рустам Турдимуродов "Сурхон"га ўтади  8 12:56"Ньюкасл" ҳимоячисини "Манчестер Сити"га қўйиб юбормоқчи эмас  1 12:31Расман: "Пахтакор" ироқлик ҳимоячи трансферини эълон қилди  4 12:19Манба: Тожикистон собиқ устози Сегрт Ўзбекистон терма жамоаси бошқарувига келиши кутилаётган Лёвга ёрдам бериши мумкин  15 11:54Асрор Алиқулов жамоадан кетгани йўқ — "Машъал"  1 11:34Қирғизистон клуби "Қўқон-1912"ни мағлуб этди  2 11:21"Машъал" андижонлик футболчи билан шартнома имзолади  4 10:50"Нефтчи"ни яна бир тажрибали футболчи тарк этиши мумкин  4

Ilhom Mo'minjonov: "Maqsad Superligaga faqat chempionlik orqali chiqish" Yangiliklar

Ilhom Mo'minjonov: "Maqsad Superligaga faqat chempionlik orqali chiqish"

Pro-liganing 11-turidan o'rin olgan "Neftchi" - "Yangier" (2:0) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Ilhom Mo'minjonov matbuot anjumanida ishtirok etdi.





O'yin haqida

- Bugungi o'yinda g'alaba qozonishimiz shart edi. CHunki 2 ta safarda oldiga Superliga yo'llanmasi vazifasi qo'yilgan jamoalarga mag'lub bo'lgandik. Bugun yana himoya chizig'imiz nolga teng o'yin ko'rsatdi. Hujum chizig'ida ikkita gol urdik, ular o'zlarini faolliklarini ko'rsatishdi. G'alaba bilan shogirdlarimni tabriklayman. Navbatdagi tur uchrashuvlariga yaxshi tayyorgarlik ko'rib ochkolar jamg'arishda davom etamiz. Maqsadimiz bitta, mavsum yakunida Superliga yo'llanmasini qo'lga kiritish. Bugun jamoamiz futbolchilari ko'zlari yonib o'ynashdi.

- Himoyachi Umar Adhamzoda bugun faol o'yin ko'rsatdi. Nega bu futbolchi ko'proq zaxirada qolayapti?

- Jami 20 nafar futbolchimiz bor. Saydullo Rahmatovda ozroq charchoq alomatlari ko'ringani bois bugun Umar Adhamzodani tushirdik. U bugun chiroyli o'yini bilan o'zini ko'rsatdi. CHempionat uzoq, shunga bugun Abdulloh Olimov, Saydullo Rahmatov kabi futbolchilarga dam berdik. 

- Jamoa o'yin uslubida rang-baranglik yo'qdek. Hal qiluvchi o'yinlarda bu xolat pand berishi ehtimoli bor, bunga qanday izox berasiz?

- Biz rotaciyalarga qo'l urishda davom etamiz. Bugungi o'yinni boshqacharoq uslubda boshladik va yakunda g'alabaga erishdik. Undan oldingi mag'lubiyatli o'yinlarda omad etishmagani va charchoq pand berdi. Raqiblar bizga nisbatan ikkinchi bo'lib o'ynamoqda. Pro-ligada nomdor murabbiylar ishlaydi, ular bizni o'yinni kuzatadi, tahlil qiladi. Mashg'ulotlarda rang-barang uslublar ustida ishlaymiz.

- "Neftchi" ikki mavsumdan buyon Pro-ligada qolmoqda. Ayni vaqtda jamoa muxlislari sizdan faqat Superliga yo'llanmasini kutishayotgani aniq. Lekin oxirgi 2 turda eng yaqin taqibchi jamoalarga imkoniyat boy berildi. Xususan "Olimpik" bilan o'yindan so'ng bildirilgan fikrlarga nisbatan etirozlar kuzatildi...

- "Olimpik" bilan bahsda haqiqatdan mag'lub bo'ldik. Bundan tashqari omad ham etishmadi. Ikkinchi bo'limda futbolchilarimizning ko'plab harakatlari o'xshamadi. SHuningdek, zaxiradan tushirilgan futbolchilar ham o'zlarini ko'rsata olishmadi. To'g'ri, "Neftchi" ikki mavsumdan buyon Pro-ligada qolmoqda. Qaerdadir yo'l qo'yilgan xato evaziga shunday xolat yuzaga kelgan. Ishlashda davom etamiz, xatolarni tahlil qilamiz. Aytib o'tganimdek, maqsadimiz faqat chempionlik orqali Superliga yo'llanmasiga ega chiqish.

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика