So’nggi yangiliklar

01:50U21 биринчилиги. Пешқадам "Навбаҳор"дан кичик, "Андижон"дан 7:2 ҳисобидаги ғалаба ва бошқа натижалар  0 01:30Заид Таҳсин: "ОКМКдан устун эдик. "Пахтакор" аъзоси бўлиш шараф"  1 01:13Миржалол Қосимов: "Ҳакам яна бироз вақт қўшиб берганида уч тайм футбол ўйнаган бўлардик. Русчасига айтганда "заслужили""  2 00:30"Тоттенхэм" "Ал Ҳилол" ҳужумчисини сотиб олиши мумкин  0 00:05Камолиддин Тожиев: "Биринчи бўлимни ёмон бошладик, иккинчи таймда эса ўйинни назорат қилдик. Бешта гол уришимиз ҳам мумкин эди"  9 00:00"Кривбасс" дарвозабони Европадаги йиғин давомида қочиб кетди  0 23:35Тер Штеген Жоан Гарсиянинг рўйхатга олинишига тўсқинлик қилмоқда  0 23:00Томас Парти Испанияга қайтмоқда — Here We Go!  1 22:33"Боруссия" электромобил ишлаб чиқарувчиси билан ҳамкорлик қилади  0 22:05Суперлига. ОКМК Санчеснинг дубли эвазига "Пахтакор" майдонида ғалаба қозонди  74 21:36"Боруссия" АПЛдан 25 млн еврога ўйинчи сотиб олиши мумкин  0 21:08Жек Грилиш "Эвертон"га ўтиши мумкин  0 20:37"Реал Мадрид" Родриго бўйича бирорта клубдан таклиф олмагани маълум бўлди  5 19:51"Эспаньол" Лукас Васкесни таркибга қўшиб олмоқчи  0 19:22МЮ "Лейпциг"га Шешко учун катта сумма таклиф қилди  2

Ilhom Mo'minjonov: "Hayotimda bunday hodisaga duch kelmaganman" Yangiliklar

Ilhom Mo'minjonov: "Hayotimda bunday hodisaga duch kelmaganman"

Superliganing 11-turidan o'rin olgan AGMK - "Neftchi" (3:1) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Ilhom Mo'minjonov o'yin haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

O'yin haqida

- O'yin jangovar ruhda o'tdi. Himoya markazidagi qo'pol xatolarimiz tufayli gol o'tkazib yubordik. O'ylaymanki, shogirdlarim xatolarini anglab etishadi hamda kelgusida bahslarda takrorlashmaydi. Uchrashuv davomida xavfli vaziyatlar yuzaga keltirib, foydalana olmadik. Kelgusi o'yinlarga tayyorgarlik ko'ramiz.

- Darvozani ikki o'yindan beri Akbar To'raev qo'riqlardi, lekin bugun zaxirada qoldirildi. Sababi nima?

- Kechagi mashg'ulotda Akbar To'raev va SHahboz Ubaydullaev jarohat oldi. To'raevning qo'li, Ubaydullaevning oyog'i shikastlangan. SHu bois, ular bugungi o'yinni o'tkazib yuborishdi. Ikkinchi darvozabonimizga imkon berdik. Afsuski, gollar o'tkazib yubordik. Mashhurjon Muhammadjonov kelgusi bahslarda tajriba orttiradi deb o'ylayman. 

- Birinchi bo'limda jamoa hujumlarida kamchiliklar kuzatildi. Futbolchining to'pni uzatishida variantlar kam bo'ldi. Jamoa asosan himoyalandi. Hujumga esa ko'pchilik chiqmadi. Natijada hujumga o'tgan o'yinchilar to'pni ortga uzatishdi yoki yo'qotishdi. Buning sababi nimada?

- Ahamiyat bergan bo'lsangiz, bundan avvalgi turda qarshi hujum asosida o'yin tashkil qilgandik. Mashg'ulotlarda ham bu borada ishlagandik. Afsuski, birinchi golni erta o'tkazib yubordik. Yaratilgan vaziyatlardan foydalana olmadik. Ikkinchi goldan so'ng tezda o'zimizga kelib, hisobni qisqartirdik. Ikkinchi bo'limda olmaliqliklar yuqori pressingda o'ynashmadi, biroq uchinchi golga o'zimiz sababchi bo'ldik. 

- Bugungi o'yinda zaxirada besh nafar futbolchi bor edi. Buni jarohatlarga bog'ladingiz. Jarohatlar davomiyligiga sabab nimada?

- Hali hayotimda bunday hodisaga duch kelmaganman. O'nga yaqin futbolchilarimiz endi tuzala boshlaganda yana ikki o'yinchimiz safdan chiqdi. SHikoforlarga ham shikoyat qildik. Endi tanaffusga chiqamiz. Kelgusi o'yinchilargacha ular ham safimizga qaytadi deb umid qilaman.

Reyting: -25   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика