Ildar Sakaev yana murabbiylikka qaytdi
17 jan 2021 13:06
Yangiliklar


Ildar Sakaev yana murabbiylikka qaytdi
Taniqli murabbiy Ildar Sakaev deyarli ikki yillik tanaffusdan so'ng yana katta futbolga qaytdi.
58 yoshli mutaxassis 2019 yilgi mavsumning birinchi qismida "Andijon" jamoasida istefoga chiqqandi. SHundan so'ng u biroz muddat majburiy tatilda bo'ldi. Yaqinda Sakaevning xizmatiga "Yangier" rahbariyati ehtiyoj sezib, uni jamoaga taklif etdi.
Xabaringiz bor, "Yangier" jamoasi o'tgan yili Birinchi liga g'olibi sifatida PRO liga yo'llanmasini qo'lga kiritgandi. Endilikda ushbu jamoa Sakaev boshchiligida Superliga yo'llanmasi uchun kurash olib borishni maqsad qilgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar