So’nggi yangiliklar

11:01Уэйн Руни Англия терма жамоаси бош мураббийи ким бўлиши кераклигини айтди  1 10:41ESPN АПЛнинг ўтган мавсумдаги энг яхши футболчиларини аниқлади. Холанд 2-ўринда, Палмер эса 14  1 10:20Ямаль "братишка"сини Олимпиада олтин медали билан табриклади  10 09:50Ўзбекистон ўсмирлар терма жамоасини Тожикистонга Анвар Раҳимов олиб боради  2 09:35Суперлига. "Динамо" охирги маротаба Фарғонада қачон ғалаба қозонган эди?  1 09:10"Пахтакор" "Насаф"ни 5 та ўйиндан бери мағлуб эта олмаяпти. Шацких Бердиевдан устун келадими?  17 08:35Баҳром Ҳайдаров: "Ўйин тенг курашлар остида ўтди"  0 08:05Асрор Алиқулов: "Бизга бу ўйинда иккинчи куч етишмади"  0 07:35Суперлига. Бугун Қаршида турнинг марказий ўйини бор  13 07:15Баҳодир Жалолов, Абдумалик Халоков, Акбар Жўраев ва бошқалар. Бугун Париж Олимпиадасида қатнашадиган спортчиларимиз рўйхати  10 00:55Антони: "Ишонаверинг, янги мавсум менинг исмимни гол ва ассистлар билан бирга эшитасиз"  6 00:32Александр Крестинин: "Яратган вазиятларимизнинг учдан бир қисмини голга айлантира олганимизда ҳам бугун ғалаба қозонган бўлардик"  3 00:30Париж-2024 финал. Франция - Испания 3:5, Анри бошчилигидаги Франция ютқазди  0 00:12Расман: Давид Де Хеа – "Фиорентина" дарвозабони!  8 23:47Испания Францияни қўшимча бўлимларда мағлуб қилиб, Париж Олимпиадаси олтин медалларига эга чиқди!  28

Ildar Sakaev – Oq-tepaning tarixida qolgan murabbiy! Yangiliklar

Ildar Sakaev – Oq-tepaning tarixida qolgan murabbiy!

Oxirgi ikki mavsumdan buyon oliy ligani ko'zlayotgan “Oq-tepa” 2015 yil elitaga shu qadar yaqin keldiki, buni xuddi milliy terma jamoamizning so'nggi jahon chempionatining saralash o'yinlaridagi ishtirokiga qiyoslash mumkin.

O'shanda milliy terma jamoamiz dastlab 2ta gol evaziga, keyin penaltilar seriyasi tufayli mundialdan “quruq” qolgan bo'lsa, “Oq-tepa” avvaliga o'z uyidagi ikki uchrashuvdagi durang, so'ng o'tish o'yinida foydalanilmagan vaziyatlar “qurboniga” aylandi. Bunda albatta klub rahbariyatining siyosatini etirof etish joiz. Jamoa bugungi kunda birinchi liganing birinchi raqamli klubiga aylanib ulgurdi. Bunga hech qanday gap-so'z bo'lishi mumkin emas. Klubning o'tgan yilgi natijasida bevosita bosh murabbiy Ildar Sakaevning ham hissasi beqiyos. Tajribali mutaxassis garchi shogirdlari bilan oliy liga yo'llanmasini qo'lga kirita olmagan bo'lsa-da, “Oq-tepa”ni ilk bor chempionatni ikkinchi o'rinda yakunlanishiga hissa qo'shdi va klub tarixida qoldi.


Murabbiylar haqida

2000 yildan o'z faoliyatini boshlagan “Oq-tepa” 2005 yilga qadar Toshkent shahar 2-liga bahslarida ishtirok etgan. Xuddi o'sha yili shahar birinchiligida g'olib chiqqan klub, 1-ligaga o'tish turnirida ishtirok etib, yo'llanmani qo'lga kiritadi. Jamoani 1-ligadagi debyut mavsumida marhum Nizom Nortojiev va Otabek Mansurov murabbiylar juftligi boshqaradi. Debyut mavsumda jamoa 38ta uchrashuvda maydonga tushib, 14ta o'yinda g'alaba qozongan bo'lsa, 6 uchrashuvda durang qayd etgan. Qolgan bahslarda mag'lubiyatga uchrab, musobaqani 48 ochko bilan 11-pog'onada yakunlagan. 2007 yil Otabek Mansurov boshqaruvidagi jamoa ancha o'ziga kelib olib, birinchi ligaga moslashganini barchaga ko'rsatib qo'yadi. To'g'ri, “Oq-tepa” chempionatni yana 11-o'rinda tugatadi, biroq g'alabalar soni ko'proq, mag'lubiyatlar sezilarli darajada kamayadi. Klub birinchi ligadagi uchinchi mavsumida Ravil Imomov murabbiyligida kattagina sakrash qilib, chempionatni oltinchi o'rinda yakunlaydi. 

Ayrim sabablarga ko'ra, “Oq-tepa” 2009 yil 1-ligada ishtirok etmaydi. 2010-2011 yilgi mavsumlarda yosh mutaxassis Aleksandr Mochinov “Oq-tepa” ustozi sifatida faoliyat olib boradi. Yosh murabbiyga tajriba kamlik qilib, jamoaning natijalarida pasayish kuzatiladi. Toshkentliklar 2010 yilgi mavsumni 11-o'rinda yakunlagan bo'lsa, oradan bir yil o'tib, chempionatning haqiqiy autsayderiga aylanadi. Ahamiyatlisi shundaki, Aleksandr Mochinov klub tarixida ikki yil murabbiy sifatida ishlagan yagona mutaxassis bo'lib turibdi, hozircha...

2012 yil murabbiylik yosh mutaxassis Vohid Xolboevning qo'liga o'tdi. Ammo yosh murabbiy mavsum yakunlanmasidanoq istefoga chiqarildi. CHempionat marhum Farhod Abdurasulov rahbarligida 8-o'rinda yakunlandi. O'sha mavsum “Oq-tepa” libosida futbolchi sifatida to'p surgan Aleksandr Tokov 2013 yil jamoaga murabbiylik qiladi. Bu yosh mutaxassisga ham tajriba etishmaydi. Natijada klub chempionatni 10-pog'onada yakunlashga majbur bo'ladi. 2014 yil klubga yana Aleksandr Mochinov qaytadi. Jamoa oldiga rasman oliy ligaga chiqish vazifasi qo'yiladi. Birinchi bosqichda hammasi bir maromda ketayotgan vaqtda Aleksandr Vladimirovich o'z xohishi bilan istefoga chiqadi. Ikkinchi bosqichdan tajribali mutaxassis Furqat Esanboev bosh murabbiy etib tayinlanadi. Murabbiylar shtabidagi o'zgarishlar, orada jamoa ustozsiz qolishi yakunda natijalarga ham o'z tasirini o'tkazib, “Oq-tepa” oliy ligaga chiqa olmaydi. So'nggi turdagi mag'lubiyat sabab uchinchi o'rindan ham “quruq” qoladi, ammo 4-o'rin klub uchun tarixiy natija hisoblanardi. Sababi, jamoa birinchi ligadagi faoliyati davomida hali mavsumni to'rtinchi o'rinda yakunlamagandi. Biroq vazifa bajarilmagani bois, ilk bor qo'lga kiritilgan to'rtinchi o'rinning zavqi bo'lmadi.


Tarixda qolgan 2015 yil

Jamoa 2015 yil ham o'z oldiga oliy ligaga chiqish vazifasini qo'ydi. So'nggi mavsumda Furqat Esanboevga yordam bergan Ildar Sakaev bosh murabbiy etib tayinlandi. Ildar Usmonovich ko'p jihatlar bo'yicha klub tarixida qoldi. Xususan, garchi jamoa oliy ligaga chiqa olmagan bo'lsa-da, bunga juda yaqin keldi. Oliy liga jamoasi bo'lmish “So'g'diyona” qarshi o'tkazilgan o'tish o'yini murabbiyning ishini ko'rsatib berdi. Garchi poytaxtliklar shu kuni mag'lubiyatga uchragan bo'lsa-da, maydonda qanday jamoa ekanliklarini ko'rsatib qo'ydi. Klub birinchi ligada ishtirok etishni boshlaganidan beri ilk bor o'z maydonida faqatgina bir marta mag'lubiyatga uchradi. Yodingizda bo'lsa, “Oq-tepa” birinchi bosqichda o'z maydonidagi 9 uchrashuvning barchasini g'alaba bilan tugatgandi, hatto durang ham qayd etilmagandi. Ammo ikkinchi bosqichning 1-turida “Xorazm”dan kutilmagan mag'lubiyat qabul qilib olindi. Mavsum yakunlanishi arafasida esa, “Orol” va “Mashal” Toshkentdan nafaqat bir ochko bilan qaytdi, balki oliy liga yo'llanmasini “Oq-tepa”dan “olib”, “Obod”ga “berib” ketdi. To'g'ri, jamoa o'z oldiga qo'yilgan vazifani bajara olmasa, bunda safar o'yinlaridagi ochko yo'qotishlar ham inobatga olinadi, ammo “Oq-tepa”da o'z maydonida boy berilgan 7 ochko amalda klubni oliy ligadan mahrum qildi. Lekin o'z uyidagi bir mag'lubiyat, ikki durang tarixga kirdi. Boisi, jamoa shu kunga qadar butun mavsum davomida o'z uyida kamida 3 marta mag'lubiyatga uchragandi. Aksar hollarda mag'lubiyatlarning soni ko'payib ketardi. Ildar Sakaev murabbiyligidagi jamoa raqiblariga haqiqiy “chaqilmas yong'oq” bo'la oldi deyish mumkin. Aytgancha, shu erda O'zbekiston Kubogi doirasida “Neftchi”ga qarshi o'tkazilgan uchrashuvni eslab o'tmasak bo'lmaydi. O'sha vaqtda oliy liga peshqadami bo'lib turgan farg'onaliklar poytaxtda yirik hisobda yutqazib qo'yishganini ko'pchilik kutilmagan natija sifatida etirof etdi. Zero, “Neftchi” oradan uch kun o'tib, “Bunyodkor”ni o'z uyida yutishning uddasidan chiqqandi. Mayli, natija kutilmagan bo'lishi mumkin, ammo bu erda futbolchilardan tashqari, murabbiyning ham mehnatini etirof etish darkor. CHunki “Oq-tepa”dan oldin “Neftchi”da ishlagan Ildar Sakaev ushbu qarama-qarshilik orqali o'zining qanday mutaxassis ekanligini amalda ko'rsata oldi. Asosiysi, garchi kubok o'yinlari birinchi liga jamoasi uchun muhim rol o'ynamasada, shogirdlarini uchrashuvga ajoyib tarzda tayyorlay bildi. Natijasini hamma biladi. 

Yana bir fakt: “Oq-tepa” deyarli har mavsum oliy ligaga chiqishga asosiy davogar jamoalarni o'z uyidagi o'yinlarda mag'lubiyatga uchratar edi. Buning uchun 2013 yil “Andijon”ning 9 o'yin, “Mashal”ning naqd 23 uchrashuv davom etgan mag'lubiyatsiz seriyasi Toshkentda to'xtaganini eslash kifoya. O'tgan yili “Qo'qon-1912” va “SHo'rtan” ham poytaxtdan mag'lubiyat bilan qaytishga majbur bo'lgan. 2007 yil “So'g'diyona”, 2008 yil “Xorazm”, 2010 yil “Buxoro”, “So'g'diyona” va 2012 yil “So'g'diyona” hamda “Guliston” Toshkentda mag'lubiyatini tan olgan. Ayrim o'yinlarda yirik hisoblar ham qayd etilgan. “Oq-tepa” faqatgina 2011 yil oliy liga yo'llanmasini qo'lga kiritgan “Lokomotiv” va “Guliston” oldida ojiz qolgan. Ildar Sakaev boshchiligidagi futbolchilar bu yil aynan shu jihat bo'yicha ham tarixga kirishdi. Yani, jamoa o'zi birinchi ligada qatnasha boshlagan yillarda peshqadamlarni Toshkentda kerak bo'lsa, yirik hisoblarda mag'lubiyatga uchratgan bo'lsa-da, safardagi o'yinlarda xuddi o'sha hisoblarda yutqazib ham qo'ygan. Faqat bu yil peshqadam “Obod” ikkala uchrashuvda ham “taslim” etildi. Albatta bunda futbolchilardan tashqari, bosh murabbiy Ildar Sakaevning ham hissasi beqiyos. SHu erda murabbiy asosiy o'yinlarga shogirdlarini qanday tayyorlashni bilishiga qoyil qolmay iloj yo'q. Ildar Usmonovichning klub tarixida qolishiga asosiy sabab shuki, “Oq-tepa” mavsumni ikkinchi o'rinda yakunladi va PFL tomonidan maxsus diplomlar bilan taqdirlandi. Bu ham o'ziga xos tarix! 

“Oq-tepa”ning birinchi ligadagi ko'rsatkichlari

Yil

Bosh murabbiylar

O'rni

O'

YU

D

M

T-N

O

2006

Nizom Nortojiev, Otabek Mansurov

11

38

14

6

18

57-63

48

2007

Otabek Mansurov

11

38

19

8

17

67-59

65

2008

Ravil Imomov

6

34

15

8

11

61-53

53

2010

Aleksandr Mochinov

11

30

13

2

15

48-49

41

2011

Aleksandr Mochinov

16

30

6

2

22

25-68

20

2012

Vohid Xolboev, Farhod Abdurasulov

8

30

15

0

15

67-62

45

2013

Aleksandr Tokov

10

30

10

7

13

39-49

37

2014

Aleksandr Mochinov, Furqat Esanboev

4

30

19

4

7

70-41

61

2015

Ildar Sakaev

2

30

20

4

6

63-22

64


Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика