Ildar Sakaev: “Aybni o'z bo'ynimga olaman”
05 apr 2015 08:47
Yangiliklar

Ildar Sakaev: “Aybni o'z bo'ynimga olaman”
O'zbekiston Birinchiligining birinchi bosqich 1-turidan o'rin olgan “Paxtakor-2” – “Oq-tepa” uchrashuvi yakunlangach, jamoamiz ustozi Ildar Sakaev o'yin to'g'risidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
- Aybni o'z bo'ynimga olaman. Mening xatolarim evaziga mag'lubiyatga uchradik. Tayyorgarlik vaqtida xatoga yo'l qo'ydik shekilli?! Hozir nima sababdan mag'lubiyatga uchraganimizni aniq ayta olmayman. Bunga sabablar ko'p. SHunisi aniqki, bugun biz ishlab chiqqan reja o'zimizga qarshi ishladi. Yangi mavsumga tayyorgarlik jarayonida juda ko'p nazorat uchrashuvlarini o'tkazdik, bugungi o'yin eng yomoni bo'ldi.
Bugungi bahs mavsumning birinchi rasmiy o'yini bo'lgani ham mag'lubiyatga sabab bo'lgandir? Ikki nafar yosh futbolchimiz bugun o'yinga kirishib keta olmadi. Ularning har ikkisi ham yarim himoyada o'ynaydi. Yarim himoyada ikki nafar futbolchining o'yini qovushmasa bu mag'lubiyat deganidir.

Fikrlar