So’nggi yangiliklar

23:05Самарқандда хайрия учрашуви: "Динамо" фахрийлари Ўзбекистон МТЖ афсоналари учрашувида 8 та гол урилди  10 22:31Данни Блинд "Аякс"ни тарк этади  0 22:02Расман: "Барселона" собиқ футболчиси Ашурматов ва Машариповнинг жамоадошига айланди  2 21:22U-23 Осиё Кубоги саралаш босқичи. Ўзбекистон Қирғизистон билан дуранг ўйнади  70 21:09Суперлига 21-тур ҳакамлари расмийлари маълум. Марказий тўқнашувни ким бошқаради?  3 20:30Интервью. Жоэль Кожо: "Динамо"га қайтишим мумкин эди, лекин "Истиқлол"ни фақат "Нефтчи" рози қила олди"  4 20:00УEФА 11 сентябрь куни "Вильярреал" – "Барселона" ўйини қаерда ўтиши ҳақида қарор қабул қилади  3 19:38"Барселона" футболчиси жароҳати сабаб терма жамоа ихтиёрини тарк этди  2 19:10МЮ собиқ футболчиси Англия эмас, Конго ДР шарафини ҳимоя қиладиган бўлди  0 18:26"Челси" "Барселона" футболчисидан умидини узмаган  1 17:54Луческу – терма жамоалар тарихидаги энг ёши катта мураббий  1 17:25U-17 халқаро мусобақаси. Ўзбекистон Канадани пенальтилар сериясига кўра мағлубиятга учратди  8 16:59Мбаппе Анрига етиб олди  5 16:35Ўзбекистон МТЖ Panini билан ҳамкорлик қилади   9 16:13ФИФА президенти CAFA Nations Cup финалига келади  10

Ildar Mamatkazin qura, Antaliyadagi yig'in va "Andijon" legionerlari saviyasi haqida nimalar dedi? Yangiliklar

Ildar Mamatkazin qura, Antaliyadagi yig'in va "Andijon" legionerlari saviyasi haqida nimalar dedi?

"Andijon" tarkibida ko'pni ko'rgan, mahoratli futbolchilar to'p tepishyapti. Ulardan biri shubhasiz Ildar Mamatkazin bo'lib, o'tgan mavsumda jamoaning Pro ligadan Superligaga qaytishida katta hissasini qo'shdi.

U sardor sifatida o'zini ko'rsatdi va yilning eng yaxshi futbolchisiga aylandi. Ayni chog'da Ildar Antaliyada yangi mavsum uchun astoydil tayyorlanmoqda. 

Kecha Superliga uchun qura tashlangach, Mamatkazinni suhbatga tortdik. 



- Yangi mavsum uchun qura tashlandi. Bundan nimani kutgandingiz?

- Bizga kimga qarshi o'ynashning farqi yo'q. Baribir ertami-kechmi, barcha jamoa bilan o'ynaymiz. Faqat uyda o'ynashni xohlagandim. Yani, ilk turni muxlislarimiz ko'z o'ngida o'tkazish istagida edik. Ammo stadionimiz tamirlanyapti. Mayli, safarda bo'lsa ham biz yaxshi natijalar ko'rsatishga harakat qilamiz. Ha, chempionatning ilk turini "Nasaf"ga qarshi o'tkazamiz va oson bo'lmaydi. Hamma biladi, bu yaxshi jamoa.

-  Quradan avval qaysi raqibni o'ylagandingiz?

- "Qizilqum" yoki "So'g'diyona" jamoasi tushadi, deb o'ylagandim. O'zinglar ko'rdinglar, "Nasaf" to'g'ri keldi. Yaxshi natijaga erishish uchun qattiq kurashamiz. Yaxshi tayyorgarlik olib boryapmiz. Endi murabbiylar raqibni ham o'rganib chiqishni boshlashadi. 



- SHaxsiy fikringizcha, "Nasaf"ning asosiy kuchi nimada? Raqibni qanday engish mumkin? Har qalay bu jamoada oldin to'p tepgansiz va yaxshi bilasiz.

-  "Nasaf"ning asosiy quroli – bu jamoaviy o'yin. Ko'proq jamoaviy o'yinga etibor qaratadi. 3-4 yildan beri bitta tarkib bilan harakat qilib kelyapti. O'yinchilari bir-birini yaxshi tushunadi. O'yini shakllangan. Bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiev ko'proq taktikaga ham etibor beradi. Bu – futbol. Biz ham u erga shunchaki bormaymiz, bor kuchimiz bilan harakat qilamiz. Murabbiylarimiz ham to'g'ri taktika tanlashadi. Jiddiy tayyorgarlik ko'ramiz. To'g'ri taktika tanlansa, har qanday raqibga qarshi o'ynasa va yaxshi natijaga erishsa bo'ladi. Murabbiylarimiz shuning ustida ish olib boradilar. Albatta, imkoniyatimiz bor. 1-tur uchrashuvigacha biroz vaqt bor. Endi bor etiborni bo'lajak o'yinga qaratamiz. 

- Jamoaning kayfiyati va muhit qanday? Antaliyadagi yig'inda asosiy etibor nimaga qaratilyapti?

-  Bundan avval Dukentda shug'ullandik. U erda asosiy yuklamalar olindi. Bu erga kelganimizda dastlabki 3-4 kun davomida yana yuklamalar oldik va o'rtoqlik uchrashuvlarini o'tkazdik. Katta “nagruzka” olib o'yinga chiqish har qanday futbolchiga qiyinchilik tug'diradi. Hozir yana o'yinlar bo'ladi va har xil taktikalar ustida ishlayapmiz. Yangi o'yinchilar ham kelgan. O'z o'yinimizni shakllantiramiz. Jamoamizda muhit alo darajada. Barcha futbolchilar inoq hamda bir-birini qo'llab-quvvatlashyapti. Mashg'ulotlarimiz ancha quvnoq va qiziqarli kechyapti. Muhit yaxshiligidan olayotgan “nagruzka”larimiz ham unchalik sezilmayapti. SHunday ruhda davom etamiz. 

- O'tgan yili ham "Andijon" Antaliyada yig'in o'tkazgandi va bu chempionat mobaynida ijobiy tasirini ko'rsatgan. Bu safargi yig'indan so'ng chempionatga qanchalik tasir ko'rsatadi, deb o'ylaysiz?

- O'tgan yili ham kuchli raqiblarga qarshi o'ynaganmiz. Antaliyada yaxshi sharoitlar bor. Maydonlar sifati zo'r va raqiblar ham ajoyib. Futbolchilar uchun barcha narsa mavjud. Qanchalik foyda berishini mavsum boshlanganida bilamiz. Lekin baribir ijobiy tarafdan katta tasiri bo'ladi. Asta-sekin jamoaviy o'yinni shakllantirishga ko'proq urg'u berilyapti. O'rtoqlik uchrashuvlarida yangi kelgan futbolchilar tezroq jamoamizga kirishib ketsa, ancha yaxshi bo'ladi. 

- Tarkib chindan ham yangi ijrochilar evaziga yanada kuchaytirilyapti. Selekciya ishlaridan qanchalik qoniqyapsiz?

-  Legionerlarning yaxshi saviyada ekanligi bilinib turibdi. Jismoniy tayyorgarlik ustida ham ishlashyapti. Albatta, ularning yordami tegadi. Boshqa kelgan o'yinchilar ham "Andijon"ning g'alabalariga o'z hissasini qo'shishiga ishonaman.

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика