Ikrom Aliboev: "O'tgan yili shunchalik umidsiz edimki, futbolga qanday qaytish hayolida yurdim"
26 noy 2025 12:50
Yangiliklar
Ikrom Aliboev: "O'tgan yili shunchalik umidsiz edimki, futbolga qanday qaytish hayolida yurdim"
Futbolchi jarohatlardan so'ng yana sport formasini tikladi va farg'onaliklarning muhim azosi sifatida gavdalandi, yakunda jamoa bilan chempionlikni qo'lga kiritdi. Ikrom Aliboev jarohatdan so'ng qaytishi haqida gapirib berdi.
"O'tgan yili shunday paytlarda shunchalik umidsiz edimki, futbolga qanday qaytaman degan hayolda yurardim. Eski jarohatlar qaytalanaverdi. Koreyada to'rtta jamoada o'ynadim. Lekin u erga borsam jarohatim qaytalanaverdi. Balki ovqatlarga bog'liqmi, chunki o'zbek ovqatlariga o'rganganmiz. Shuni tasiri bo'ldi deb o'yladim. Bu yil O'zbekistonda o'ynadim, jarohat umuman bezovta qilmadi. Yilni boshida qiyin bo'ldi kirishib ketish. Yig'inlar, o'yinlar orqali qaytib oldim. Agar qizil kartochka olmaganimda o'zim uchun rekord qo'ymoqchi edim. Mavsumni yuz foiz o'tkazish, lekin diskvalifikaciya bo'lib qoldi",- deydi Ikrom Aliboev.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar